| | |
1 2 3 4 5

ABITURIYENT-2017

“Iqtisodiyot va ko'chmas mulkni boshqarish” kafеdrasi
1-11-2016, 11:51

"Iqtisodiyot va ko’chmas mulkni boshqarish” kafedrasi

Kafedra mudiri: Turdiyev AbdullоSagdullayevich

Telefon: +998977597038

E–mail: abd_t@mail.ru

Ma’lumoti: Оliy

Ilmiy darajasi: iqtisod fanlari nomzodi

Ilmiy unvoni: dotsent

Chet tilini bilishi: rus tili, ingliz tili (lug’at yordamida)

Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: iqtisodchi muhandis

    "Iqtisodiyot va ko’chmas mulkni boshqarish” kafedrasiga dastlab O’rta osiyo paxtachilik institutida 1929 yilda asos solingan va u "Qurilish iqtisodiyoti” kafedrasi deb nomlangan. Ushbu kafedra 1991 yilga qadar Toshkent politexnika instituti tarkibida faoliyat ko’rsatib kelgan.

1991 yili Toshkent arxitektura qurilish instituti tashkil etilgach ushbu kafedra "Iqtisodiyot va menejment” deb nomlandi. 1983-2004 yillar mobaynida iqtisod fanlari doktori, professor M.Q. Ziyayev kafedraga rahbarlik qildi. 2002 yil 12 iyuldagi TAQI rektorining 144-sonli buyrug’i bilan "Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi bazasida mutaxassis chiqaruvchi ikkita yangi "Qurilishda iqtisodiyot” va "Menejment” kafedralari tashkil etildi. 2004-2007 yilgacha iqtisod fanlar nomzodi, dotsent V.U. Yodgorov, 2007-2008 yillarda iqtisod fanlar nomzodi E.A. Maxmudov 2008-2016 yil aprelgacha V.U. Yodgorov, 2016 yil apreldan hozirgi vaqtgacha iqtisod fanlar nomzodi, dotsent A. S. Turdiyev rahbarlik qilib kelmoqda. 2010 yil oktabrdan TAQI Ilmiy kengashi Qaroriga asosan kafedra "Iqtisodiyot va ko’chmas mulkni boshqarish” nomi bilan faoliyat ko’rsatmoqda. .

    Hozirgi kunda kafedrada 2 nafar fan doktori va professor, 5 nafar fan nomzodi va dotsentlar, 13 nafar katta o’qituvchilar hamda 4 nafar assistentlar faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar.

1998 yildan "Iqtisodiyot (qurilish)” ta`lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar va "Tarmoqlar iqtisodiyoti” mutaxasisligi bo’yicha magistrlar tayyorlana boshlangan.

Hozirgi kunda kafedrada 5340900 - "Ko’chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish” hamda 5341100- "Qiymat injiniringi” ta`lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar; 5A 340901-"Ko’chmas mulkni baholash va boshqarish” hamda 5A 340206-"Qurilish iqtisodiyoti” mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda. O’tgan davr mobaynida kafedrada 2 mingdan ortiq mutaxassislar tayyorlandi.

    Kafedra jamoasi institutda o’qitilayotgan talabalarga 20 ta dan ortiq fanlardan ta`lim berib kelmoqdalar. Kafedrada o’quv jarayonini zamonaviy darslik va o’quv adabiyotlari bilan ta`minlash borasida ham bir qator ishlarni amalga oshirmoqdalar. So’nggi uch yilda fanlardan 3 ta darslik, 20 ta fanlardan o’quv uslubiy majmualar yaratilib o’quv jarayoniga joriy qilindi va elektron adabiyot shaklida talabalarga yetkazildi.

Kafedra olimlari O’zbеkistоndа ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, qurilishda bahоni shakllantirish, ko’chmas mulkni bahоlashning uslubiy asоslarini takоmillashtirish hamda qurilishda qiymatini tаshkiliy-iqtisоdiy munosabatlarni takomillashtirish mаvzulаrida ilmiy-tаdqiqоt ishlari olib bormoqdalar.

    Kafedraning iqtidorli talabalari Iqtisodiyot nazariyasi, Buxgalteriya, Makroiqtisodiyot va Mikroiqtisodiyot fanlaridan muntazam ravishda o’tkaziladigan Respublika fan olimpiadalarida muvoffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.