| | |
0 1 2 3 4 5 6 7 8
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
“Informatika va informatsion texnologiyalar” kafedrasi
1-11-2016, 11:30

"INFORMATIKA VA INFORMATSION TEXNOLOGIYALAR" KAFEDRASI

Kafedra mudiri: Shadmanova Umida Abzalovna

Ma’lumoti: Oliy

Ilmiy darajasi: Iqtisod fanlar nomzodi

Ilmiy unvoni: Dosent

Chet tillarini bilish darajasi: Rus tili

"Informatika va informatsion texnologiyalar" kafedrasi haqida umumiy ma’lumot

Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar asoslaridan talabalarga malakali bilim berishni tashkil qilish maqsadida 1991 yil 1 iyulda institut qoshida "Informatika va hisoblash texnikasi” kafedrasi tashkil etilgan va unga texnika fanlari doktori, professor X.Z.Ikramova rahbar etib tayinlangan. Kafedraga 2002 yili "Informatika va axborot texnologiyasi” nomi berildi. 2004-2005 o’quv yilida kafedrani "Informatika va axborot texnologiyasi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha 35 talaba bitirib, bakalavr darajasini oldi. Kafedra 2005 yil oktyabr oyida "Matematika” kafedrasiga qo’shildi. 2006 yil 6 fevralda "Informatika va komputer grafikasi” nomi bilan qayta tashkil etilib, unga professor A.M.Siddiqov mudir etib tayinlandi. Professor A.M.Siddiqov 2003-2008 yillar mobaynida kafedraga rahbarlik qildi. 2008 yil dekabr oyidan 2011 yil sentyabr oyigacha dotsent J.X.Mirxamidov kafedrani boshqardi. 2011 yil sentyabr oyida kafedra ikkiga bo’linib, "Informatika va informatsion texnologiyalar” nomi bilan tashkil etildi va kafedra mudiri etib i.f.n., dotsent U.A.Shadmanova tayinlandi.

Turli yillarda kafedrada akademik V.Q.Qobulov, professorlar D.Miraxmedov, R.Sadullayev, dotsentlar R.Yunusov, G.Lebedinskiy, B.Abikasimov, U.Baxramov, T.Nurmuha- medovlar ta’lim berishgan. Bugun kafedrada dotsentlar M.R.Musayeva, A.SH.Fazilov, katta o’qituvchilar M.Azimdjanova, F.Islamovalar assistant o’qituvchilar M.Kuchimov, K.Maxanov, N.Raximov, E.Qurbonov, Sh.Jo’rayevlar va injener-texnik xodim N.Xusanovalar xizmat qilmoqdalar. Ular bakalavriatura yo’nalishlari uchun "Qurilishda axborot texnologiyalari”, Magistratura mutaxassislari bo’yicha "Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari fanlaridan institut talabalari, magistrantlari, iqtidorli talabalari, malaka oshirish markazi Komp’yuter tizimlarida axborotni himoyalash; ta’limda axborot texnologiyalari; tinglovchilariga har tomonlama chuqur bilim berib kelmoqdalar.