| | |
1 2 3 4 5

ABITURIYENT-2017

“Falsafa va ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi
1-11-2016, 11:14

"Falsafa va ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi
Kafedra tashkil etilgan sana: 1991 yil.
Kafedra mudiri: Alimardonov To'lqin Turdievich
Kafedra professor-o`qituvchilarining tarkibi:
Fan doktorlari, professorlar: Alimardonov T.T., Ravshanov F.R.
Fan nomzodlari, dotsentlar: Boynazarova A.,Rasnidova M.
Katta o`qituvchilar: Raxmedov J.U., Tog`ayev Z.O., Najmidinova K., Amanov O. K., Dalak'yan J.S., Xojiev A., Raxmonov G'.Q., Atajanjva S., Xudoyorov A., Elmurodov J., Doniyorov Sh.
Assistentlar: Aripova I. , Saydalieva SH., Jumayev T.
O`quv-yordamchi xodimlar: Rustamova D.

Bakalavrlarga o`qitiladigan asosiy fanlar (o`zb. /rus. ):
O`zbekiston tarixi
Huquqshunoslik. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganish
Falsafa
Falsafa (mantiq, axloqshunoslik, еstetika)
Ma`naviyat asoslari. Dinshunoslik
Madaniyatshunoslik
Ma`muriy, xo`jalik va fuqarolik huquqi
Sotsiologiya
Siyosatshunoslik. O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti
Milliy istiqlol g`oyasi
Magistrlarga o`qitiladigan asosiy fanlar:
Fanlarning falsafiy masalalari
Ilmiy ijod metodologiyasi
Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar
O`quv – metodik faoliyat:
Kafedrada tizimli ravishda ishlab chiqiladi va yangilanadi:
Davlat standartlari, namunaviy va ishchi o`quv rejalar, kafedra fanlari bo`yicha namunaviy va ishchi o`quv dasturlari;
kafedrada o`qitiladigan fanlar bo`yicha ma`ruza matnlari yangilanadi;
darslik va o`quv qo`llanmalar chop еtilgan va еtilmoqda.
Asosiy ilmiy yo`nalishlar:
Kafedraning ilmiy yo`nalishi – «Bilish, ma`naviy poklanish va faoliyatning: gnoseologik, tarixiy, tarbiyaviy va metodologik jihatlari».
Alimardonov To'lqin Turdievich kafedraning ilmiy yo`nalishi bo`yicha professor bo'lib, u -«Jamiyatda siyosat va ahloq muvozanati» mavzusida;
Ravshanov Fazlidin Ravshanovich "O'zbekiston Respublikasida raxbar kadrlar tanlash asoslari" mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini yoqladilar.
Rasnidova Mashhura Karimovna - "Estetik dunyoqarashning badiyi va texnik uyg'unligi" mavzusida;
Boynazarova Asliya "Islom falsafasida diniy va dunyoviy ilmiy uyg'unligi masalasi"., mavzusida nomzodlik dissertatsiyalarini yoqladilar
Najmiddinova Karimaxon Usmanovna "Oila tarbiyasida milliy va umumahloo,iy madaniyatning o'rni", , nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. Amanov O. Jaxon dinlari aro munosabatlarning tendentsiyalari., Raxmonov G'. "Mehr va muhabbat va uning ahloqiy muammolari".

Kafedra to`g`risida umumiy ma`lumot:
Kafedra 1991 yilda «Ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy fanlar», 1992 yilda «Falsafa va sotsiologiya», 2000 yilda «Falsafa, O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti», 2005 yildan еsa «O`zbekiston tarixi» kafedrasi bilan qo`shilib, «Falsafiy va ijtimoiy – siyosiy fanlar» kafedrasi nomi bilan yuritilmoqda.
Kafedra professor-o`qituvchilari barcha fakul’tetlar (QBF, AF, ISF, BIQF)da hamda magistraturada dars beradi.
Joriy o`quv yilida kafedra tarkibida 26 shtat birligida professor – o`qituvchi faoliyat ko`rsatmoqda. Ulardan shtatda – 18, fan doktori, professorlar – 2, fan nomzodi, dotsentlar – 2, katta o`qituvchilar – 11, assistent lavozimida 3 nafari mehnat qilmoqda. Kafedra professor-o`qituvchilarining o`rtacha yoshi – 40 yoshni tashkil еtadi.
Kafedra xodimlari 12 ta fan bo`yicha ma`ruzalar o`qitib kelishmoqda. Darslar o`zbek va rus tillarida olib boriladi.

Xalqaro hamkorlik.
Hozirda kafedraning quyidagi ilmiy va uslubiy aloqalari mavjud:
M. Ulug`bek nomli O`zbekiston Milliy universiteti
Abu Rayxon Beruniy nomli Toshkent Davlat texnika universiteti
Buxoro Davlat universiteti
Toshkent Islom universiteti
Toshkent Davlat SHarqshunoslik instituti
Toshkent Kimyo – texnologiya instituti
O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq instituti
O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti
O`zbekiston Falsafa jamiyati
Toshkent Arxitektura-qurilish instituti qoshidagi akademik litsey.
Kelgusida Samarqand Davlat universiteti, Termiz Davlat universiteti, Xorazm Ma`mun akademiyasi, Moskva Davlat universitetining "Falsafa” fakul’teti bilan ilmiy va uslubiy aloqalarini shartnoma asosida o`rnatish rejalashtirilmoqda.

Talabalar hayoti.
Bakalavriat yo`nalishida tahsil olayotgan guruhlarda guruh rahbarlari boshchiligida yoshlarning dunyoqarashini oshirish maqsadida dokladlar va bahs – munozaralar o`tkaziladi;
Ijtimoiy, ommaviy – madaniy tadbirlar tashkil еtiladi, O`zbekistonning tarixiy shaharlari (Samarqand, Buxoro, Xiva)ga еkskursiya safarlari uyushtiriladi. Teatr, muzey va turli ko`rgazmalarga boradilar.

Ijtimoiy va madaniy xayot.
Kafedra professor – o`qituvchilari o`zlarining madaniy salohiyatini oshirishda quyidagi tadbirlarni o`tkazishadi:
ko`rgazma, muzey, teatrlarga borishadi;
adabiyotlar o`qishadi, institutda o`tkaziladigan madaniy tadbirlarda faol ishtirok еtishadi, talabalarni musobaqalarga tayyorlashadi, kontsert va turli tadbirlar o`tkazishadi;
umumxalq xayriya hasharlarida ishtirok еtishadi.