| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
Qurilish materiallari va kimyo kafedrasi
3-11-2016, 11:44
Kafedra mudiri:Sattorov Zafar Muradovich
Telefon: (+99890) 187-69-71
E-mail: mr.s.zafar@mail.ru
Ma`lumoti: Oliy
Ilmiy darajasi: texnika fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni: dotsent
Chet tillarini bilishi: Ingliz tili
Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi: Muhandis-quruvchi-texnolog

 

Qurilish materiallari va kimyo kafedrasi haqida ma’lumot

 

"Qurilish materiallari va kimyo” kafedrasi 1972 yilda tashkil topgan. Dastlab kafedra 7 professor-o‘qituvchilardan iborat bo‘lib, 4 ta texnika fanlari nomzodi faoliyat ko‘rsatgan. Kafedra mudiri etib dos. E.U.Qosimov tayinlangan. 1974 yilda E.U.Qosimov Oliy va o‘rta mahsus ta’lim Vazirligining boshqarma boshlig‘i lavozimiga o‘tishi munosabati bilan kafedra mudiri yetib M.Q.Xasanova tayinlangan.

Kafedra qoshida tashkil etilgan laboratoriyaga yangi sinov mashinalari, sun’iy iqlim xonasi, ultratovush asboblari olindi.

1979 yilda kafedraga yana E.U.Qosimov mudir bo‘ldi. Uning ilmiy rahbarligida Markaziy institutlarga 4 aspirant yuborildi.

Bu davrda Moskvaning injener-qurilish instituti, Leningrad gidrotexnika instituti, Kiev injener-qurilish instituti kabilar bilan o‘quv-uslubiy, ilmiy aloqalar kengaytirildi va mustahkamlandi.

1982 yilda E.U.Qosimov doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Shu davrda kafedra muallimlari yuz foiz ilmiy darajaga yega bo‘ldilar. Bu davrda E.U.Qosimov (xammualiflikda) "Propitka sementnogo kamnya i betona termoplastami” va "Modifikatsiya betonov polimernыmi materialami” monografiyalari chop etildi.

Oliy darajadagi ilmiy kadrlar tayyorlash, markaziy institutlardan asta-sekin "Qurilish materiallari” kafedrasiga ko‘cha boshladi. Prof. E.U.Qosimov, dos. N.A.Samigov, S.X.Islomqulova, M.Q.Xasanovalar ilmiy rahbarligida 15 ta aspirant ish olib bordi. Ularning ichida xorijiy aspirant Muhammad Toxir Shoh bajargan ilmiy ishlar maqtovga loyiqdir. Uning ilmiy ishlari rus va ingliz tillarida monografiya holida chop etildi. Shu davrda M.Solihova, X.Mo‘minjonov, P.Rapoportlar nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilishdi.

1989 yilda kafedra mudiri E.U.Qosimovning tashabbusi bilan 6 xonali, umumiy satxi 200 m2 yangi o‘quv-ilmiy laboratoriya qurildi va asbob-uskunalar bilan jihozlandi.

Bu davrga kelib yuzdan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi. Ellikka yaqin mualliflik guvohnomalari olindi. Kafedra professor-o‘qituvchilari xalqaro, Respublika ilmiy-anjumanlarida faol ishtirok etishdi.