| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



“Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari texnologiyasi” kafedrasi
3-11-2016, 11:48
Kafedra mudiri: Shakirov Tuyg‘un Turg‘unovich
Telefon raqami: +998909975744
Elektron pochta: tuyg’un79@mail.ru
Ma’lumoti: Oliy
Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi: Qurilish materiallari, buyumlari va  konstruksiyalarini  ishlab chiqarish
Ilmiy darajasi: Texnika fanlari nomzodi, Dotsent
Chet tillarini bilish darajasi: Rus tili

Kafedra haqida
1962  yilda "Yig‘ma temir-beton ishlab chiqarish” kafedrasi tashkil etildi. 1963 yilda  birinchi  marotoba Qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish  mutaxassisiligi bo‘yicha  kadrlar tayyorlandi. Kafedra faoliyati t.f.d.,  prof.Asqarov B.A., t.f.d., prof. Akramov X.A. rahbarligida olib borildi. 2009-2014-yillarda yangi nomlangan "Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari texnologiyasi”  kafedrasini t.f.n., dots.N.A.Maxmudova, 2014-2016 yillarda prof.Akramov X.A  va  hozirgi vaqtda t.f.n., dots. T.T.SHakirov   kafedrani boshqarib kelmoqda. 
Kafedrada 3 ta professor, 1 ta v.b. professor, 4 ta dotsent, 1 ta katta o‘qituvchi, 4 ta assistent faoliyat yuritmoqdalar. 
Mahalliy xom-ashyo  va sanoat chiqindilari asosida qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini yaratish va tadqiq etish yo‘nalishlarida ilmiy  seminarlar tashkil etilib, ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Professor o‘qituvchilar tomonidan oliy o‘quv yurtlari va kasb-xunar kollejlari uchun "Beton va temirbeton buyumlarini ishlab chiqarish”, "Yig‘ma temirbeton korxonalarini loyihalash”, "Sanoat chiqindilari asosida temirbeton konstruksiyalarini ishlab chiqarish”, "Issiqlik texnikasi va issiqlik texnik uskunalari”, "Beton qorishmalari texnologiyasi”, "Bog‘lovchi moddalar” yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar hozirgi vaqtda ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklari uchun asosiy adabiyot sifatida foydalanilmoqda.  SHuningdek, yangi avlod adabiyotlari tayyorlanib kelinmoqda. Kafedra ishlab chiqarish korxonalari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi organik va noorganik kimyo instituti bilan hamkorlikda faoliyat yuritmoqda. 
Kafedra ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklari:
5340500-Qurilish maetraillari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
5A340501- Qurilish maetraillari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish 
5A320501- Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi(qurilish materiallari) bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi.
O‘tiladigan fanlar 
Bakalavriatura
Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi.
Bog‘lovchi moddalar
Issiqlik texnikasi va issiqlik texnik uskunalari
Beton temirbeton buyumlarini ishlab chiqarish
Pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallari
Korxonalarda tayyorlangan qurilish konstruksiyalari
Oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton konstruksiyalari
Zamonaviy temirbeton konstruksiyalari texnologiyasi
Qurilish qorishmalari texnologiyasi
Noruda materiallar texnologiyasi
Magistratura
Betonlarning umrboqiyligi
Temirbeton konstruksiyalarini loyihalash
Sanoat chiqindilari asosida temirbeton konstruksiyalarini ishlab chiqarish
Materiallar strukturasi va strukturaviy tahlil
Qurilish materialshunosligi
Qurilish resurslarining xom ashyosi
Ilmiy yo‘nalishlar
1. Mahalliy xom ashyo va sanoat chiqindilari asosida qurilish materiallari, va konstruksiyalarini yaratish va tadqiq etish

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi