| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
“Matematika va tabiiy fanlar” kafеdrasi
3-11-2016, 11:42
"Matematika va tabiiy fanlar” kafеdrasi

Kafedra mudiri:Xurramov Shavkat Rahmatullayevich

Telefon: 268-96-70

E-mail: shavkat-xurramov59@mail.ru

Ma`lumoti: Oliy

Ilmiy darajasi: texnika fanlari nomzodi

Ilmiy unvoni: dotsent

Chet tillarni bilishi: rus tili

Ma`lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: mexanik

Kafedra 1929 yilda O‘rta osiyo paxtachilik industrial instituti tarkibida tashkil qilingan. U 1991 yilgacha "1-oliy matematika kafedrasi” nomi bilan Toshkent politexnika instituti tarkibida faoliyat ko‘rsatgan. 1991 yilda Toshkent arxitektura qurilish instituti (TAQI) tashkil etilishi bilan "Oliy va amaliy matematika” kafedrasi deb nomlangan. 2006 yilda "Oliy va amaliy matematika” va "Fizika” kafedralari birlashtirildi va yangi kafedra "Matematika va tabiiy fanlar” kafedrasi deb nomlandi.

TAQI tashkil etilgandan keyin kafedrani 1991-1997 yillarda t.f.d., professor Yo.U.Soatov, 1997-2008 yillarda f.-m.f.n., dotsent A.Abduraximov, 1997-2006 yillarda t.f.n., dotsent A.No‘monxo‘jayev ("Fizika” kafedrasi), 2008-2010 yillarda f.-m.f.n. M.Mamatqulov, 2010-2011 yillarda f.-m.f.d. Yo.M.Xusanboyev, 2011-2012 yillrda t.f.n., dotsent Sh.R.Xurramov, 2012-2015 yillarda f.-m.f.d. A.A.Zaitov, 2015-2017 yillarda f.-m.f.d. A.Kuchkarov boshqargan. Hozirgi vaqtda kafedraga t.f.n., dotsent Sh.R.Xurramov mudirlik qilmoqda.

Ayni vaqtda "Matematika va tabiiy fanlar” kafedrasida 6 ta dotsent va 3 ta katta o‘qituvchi, 8 ta assistent faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish va qo‘llashda, informatsion texnoligiyalarni joriy etishda, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarda hamda ilmiy tatqiqot ishlarida namuna ko‘rsatib kelmoqdalar.

Kafedra texnika oliy o‘quv yurtlarini "Oliy matematika” dan zamonaviy darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlashda Respublikamizda etakchi kafedralardan biri hisoblanadi. Yo.U.Soatov tomonidan yaratilgan besh jildli "Oliy matematika” darsligi hozirgi vaqtgacha texnika va texnologiya ta’lim muassasalarida asosiy o‘quv adabiyoti sifatida foydalanilmoqda. Bu darslik 1998 yilda "Ustoz” jamg`armasi tomonidan o‘tkazilgan ko‘rik tanlovda birinchi darajali diplom bilan taqdirlangan. Shuningdek, 2015 yilda Sh.R. Xurramov tomonidan yozilgan uch qismdan iborat "Oliy matematika” o‘quv qo‘llanmasi talabalarni zamonaviy adabiyot bilan ta’minlanishiga katta hissa qo‘shdi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yangi pedagogik texnologiyalar asosida mashg‘ulotlar olib borish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ayni vaqtda, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yangi darsliklar va o‘quv uslubiy qo‘llanmalar yaratish bilan birgalikda matematika, mexanika va fizikaning dolzarb sohalarida nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Kafedraning ilmiy izlanishlari bir qator oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tekshirish institutlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Olingan ilmiy-amaliy natijalar va xulosalar kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy anjuman va seminarlarda muhokama qilinmoqda hamda monografiya va ilmiy maqolalar tarzida chop etilmoqda.