| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
“Injenerlik kommunikatsiyalarini loyihalash, qurish va ishlatish” kafedrasi
3-11-2016, 11:06
"Injenerlik kommunikasiyalarini loyihalash, qurish va ishlatish” kafеdrasi

 


Kafedra mudiri:
Maxmudova Dildora Ernazarovna

Telefon: (+99894) 612-25-04

E-mail: dildoram76@mail.ru

Ma`lumoti: Oliy

Ilmiy darajasi: texnika fanlari nomzodi

Ilmiy unvoni: dotsent

Chet tillarni bilishi: rus tili, ingliz tili

Ma`lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: iqtisodchi-tashkilotchi

Kafedra 1998 yilda "Suv ta’minoti va kanalizatsiya”, hamda "Issiqlik gaz ta’minoti va ventilyatsiya” kafedralari birlashuvi asosida tashkil topgan. Kafedrada quyidagi ta’lim yo’nalishlari va bo’yicha mutaxassislarni tayyorlaydi:

5340400 - Muhandislik kоmmunikatsiyalari qurilishi va mоntaji (turlari bo’yicha) bakalavriatura ta’lim yo’nalishi:

- issiqlik-gaz ta’minоti va vеntilyatsiya;

- suv ta’minоti va kanalizatsiya.

5341200 - Suv ta’minоti va kanalizatsiya tizimlarini lоyihalashtirish va ekspluatatsiyasi.

5A340403 - Issiqlik-gaz ta’minоti, vеntilyatsiya, havоni mo’tadillash va havо havzasini muhоfaza qilish.

5A340401 - Suv ta’minоti, kanalizatsiya, suv rеsurslarini muhоfaza qilish va ulardan samarali fоydalanish.

Каfedra tashkil etilgandan keyin kafedrani 1998-2012 yillarda t.f.n., professor Yu.K.Rashidov, 2012-2016 yillarda t.f.n., dotsent E.S.Bo’riyev, hozirgi vaqtda kafedraga t.f.n., dotsent D.E.Mahmudova mudirlik qilmoqda.

Ayni vaqtda " Injenerlik kommunikasiyalarini loyihalash, qurish va ishlatish kafedrasida 1 ta professor, 6 ta dotsent va 5 ta katta o‘qituvchi, 9 ta assistent faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish va qo‘llashda, informatsion texnoligiyalarni joriy etishda, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarda hamda ilmiy tatqiqot ishlarida namuna ko‘rsatib kelmoqdalar.

Kafedra texnika oliy o’quv yurtlarini va kasb-hunar kollejlarini "Gaz ta’minoti”, "Vеntilyatsiya”, "Oqava suvlarni oqizish”, "Binolarninig santehnik jihozlari” fanlaridan zamonaviy darslik va o’quv qo’llanmalar bilan ta’minlashda Respublikamizda etakchi kafedralardan biri hisoblanadi. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan yaratilgan darsliklari hozirgi vaqtgacha yilda suv ta’minoti va kanalizasiya, xamda "Issiqlik gaz ta’minoti va ventilyatsiya” mutaxassisliklari uchun asosiy o’quv adabiyoti sifatida foydalanilmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan yangi pedagogik texnologiyalar asosida mashg’ulotlar olib borish yaxshi yo’lga qo‘yilgan. Ayni vaqtda, kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan yangi darsliklar va o’quv uslubiy qo’llanmalar yaratish bilan birgalikda muhandislik kommunikatsiyalarining dolzarb sohalarida nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Kafedraning ilmiy izlanishlari bir qator oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tekshirish institutlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Olingan ilmiy-amaliy natijalar va xulosalar kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ilmiy anjuman va seminarlarda muhokama qilinmoqda hamda ilmiy maqolalar tarzida chop etilmoqda.