| | |
1 2 3 4 5

ABITURIYENT-2017

“Geodeziya va kadastr” kafedrasi
3-11-2016, 11:01

Ism, Familyasi: Xamidova Maknona Baxtiyarovna

Telefon: +998946484975

E-mail: maknona68@inbox.uz

Ma’lumoti: Oliy

Ilmiy unvoni: Dosent

Chet tillarini bilishi: Rus tili

Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: Konchi marksheyder injener

 
 
 
 Geodeziya va kadastr kafedrasi

   Geodeziya – fan sifatida O‘zbekistonda 20-yillardan boshlab shakllana boshladi. Geodeziya kafedrasi dastlab turkiston davlat dorilfununi, so‘ngra O‘rta Osiyo geologik qidiruv instituti, Tog‘ instituti va Toshkent politexnika institutlari tarkibida faoliyat ko‘rsatdi. 1960-1970 yillarda geodeziya kafedrasi "Injenerlik geodeziya” nomi faoliyat ko‘rsatdi. 1970 yilda geodeziya injeneri mutaxassisligi bo‘yicha dastlabki kadrlar tayyorlandi. Professor T.Qo‘ziboev rahbarlik qilgan yillarda (1968-1980) kafedra professor-o‘qituvchilarining sa’i-xarakatlari bilan 850 ga yaqin geodeziya muxandislari tayyorlandi. Ulardan 20 ga yaqini institutni imtiyozli diplom bilan bitirdi.
Kafedrada 7 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 6 nafar katta o‘qituvchilar va 6 ta assistent faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Kafedra 5311500 – "Geodeziya, kartografiya va kadastr” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr va 5A540101 – "Amaliy geodeziya” mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlaydi."O‘zergeodezkadastr” qo‘mitasi, "O’ZGASHK LITI” Davlat instituti, "Markaziy aerogeodezik korxonasi” qoshida "Geodeziya va kadastr” kafedrasining filiallari tashkil etilgan.
Kafedrada tashkil etilgan kompyuter xonasida dasturlar bilan jihozlangan 6 ta kompyuter va elektron kutubxona ishlab turibdi.Oxirgi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 20 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalari nashrdan chiqarilgan.
Kafedrani tugatgan talabalar turli geodezik, qurilish tashkilotlarida, shahar, tuman, viloyat hokimiyatlari kadastr bo‘limlarida, shahar obodonlashtirish bo‘limlarida ishlashlari mumkin.
   2012 yilning oktabr oyidan boshlab kafedrada Yevropa Ittifoqi tamonidan tashkil etilgan TEMPUS dasturi bo‘yicha ishlar olib berilmoqda. Ushbu ish natijasida kafedrada yangi mutaxassislik "Geoinformatika” bo‘yicha magistratura ochilishi ko‘zda tutilgan.
"Geodeziya va kadastr” kafedrasining barcha professor-o‘qituvchilari mustaqil O‘zbekistonimizga geodeziya, kartografiya, gidrogeologiya va kadastrga oid barcha ilmiy-amaliy muammolarni hal etishga qodir bo‘lgan yuqori malakali mutaxassis yetkazib berish yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqdalar. Kafedra salohiyatini oshirish borasida ilmiy va uslubiy ishlarni bajarmoqdalar.