| | |
1 2 3 4 5
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



ABITURIYENT-2018

“ Qurilish mexanikasi va inshootlar zilzilabardoshligi” kafedrasi
3-11-2016, 10:06

F.I.O: Shadmanova Zuxra Salaxovna

Telefon: 241-14-98, (90) 954-81-16

E-mail: z.shadmanova61@mail.ru

Ma’lumoti: Oliy

Ilmiy darajasi: Texnika fanlari nomzodi

Ilmiy unvoni: Dotsent

Chet tillarini bilishi: Rus tili

Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: Ko’priklar va tunellar

"Qurilish mexanikasi va inshootlar zilzilabardoshligi” kafedrasi

    Kafedra 1964 yilda Toshkent Politexnika instituti tarkibidagi "Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi” kafedrasi zamirida tashkil topgan. Kafedradagi professor-o’qituvchilarining o’rtacha yoshi 52 yoshni tashkil etadi. Kafedra a’zolari 5 ta fan bo’yicha bakalavrlarga ma’ruzalar o’qiydi. Darslar o’zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. 2011 yil sentyabr oyidan kafedra mudiri etib t.f.n., dots. Z.S. Shadmanova tayinlandi. Hozirda kafedrada t.f.d., prof. Q.S. Abdurashidov, f-m.f.n., dots. K. Kenjayev, t.f.n., dots. S.A. Saidiy, t.f.n., dots. M.Q. Nazarova, f-m.f.n., dots. S.A. Abdukadirov, kat. o’q. X.K. Jabborova, kat.o’q. B.K. Raxmanov, ass.Sh.I. Askarxo’jayev, ass.D.G. Axundjanov, ass. S.T. Sobirov, ass. N.M. Ibragimov, ass. F.A. Fayziyeva, ass. Maksudova N.Sh va muhandis-texnik xodimlar N.A. Raximqoriyeva, A.K. Xoltayeva, D. Tadjibayeva va O. Jo’rayevlar xizmat qilmoqdalar. Ular bakalavriatura yo’nalishlari uchun "Nazariy mexanika”, "Materiallar qarshiligi”, "Qurilish mexanikasi”, "Amaliy mexanika” va "Bino va inshootlar zilzilabardoshligi” fanlaridan institut talabalariga har tomonlama chuqur bilim berib kelmoqdalar.

    Kafedraning ilmiy yo’nalishi: "Turar–joy binolari, Energetik inshootlar, Fazoviy konstruksiyalar va Arxitektura yodgorliklari konstruksiyalarini zilzilabardoshligi muammolari va ularning umrboqiyligini taminlash”.

1999-2016 yillarda kafedraning yetakchi mutahassislari prof. K.S.Abdurashidov va dots. S.A.Saidiylar rahbarligida 4 ta innovatsiya, 6 ta amaliy tadqiqotlar va xo‘jalik shartnomasi asosida 200 mln. so‘mdan ortiq hajmda ilmiy-tadqiqot ishlari bajarildi.

Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida 2011 yilda prof. Q.S. Abdurashidov, F.R. Kabulov va B.K. Raxmanovlar hammullifligida "Arxitektura yodgorliklarining muhandislik muammolari” nomli 17 b.t. dan iborat ilmiy monografiya "Fan” nashriyotida chop etildi, 2011 yilda «Arxitektura yodgorliklari konstruksiyalarini mustahkamlash qurilmasi” nomli ixtiroga Respublika Intellektual mulk Agentligiga patent olish uchun talabnoma topshirildi, 1 ta doktorlik dissertatsiyasi himoyaga tayyorlanmoqda.

    Kafedra rahbariyati ilmiy daraja va unvonli pedagog olimlar safini kengaytirishga ham jiddiy kirishgan. So‘nggi yillarda kafedra xodimlaridan N.D.To‘ychiyev, A.A.Amosov doktorlik dissertatsiyalarini, L.Meliboyev, A. Raximov, A.O‘rinboyev, Z. Abdukarimov va Z.S.Shadmanovalar esa nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. 2017 yilda esa kafedra professor-o’qituvchisi Yuvmetov A. PhD darajasi dissertatsiyasini yoqladi. Kafedraning yetakchi mutaxassislari prof. K.S.Abdurashidov, dots. S.A.Saidiy, dots. M.Q.Nazarova va dots. Z.S.Shadmanovalar rahbarligida iqtidorli talabalar 20 dan ortiq bakalavrlik malakaviy bitiruv ishi hamda 20 ta magistrlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Ta’lim-tarbiyali, ma’naviy barkamol kadrlar tayyorlash hamda ilmiy izlanishlar borasida kafedra a’zolari yanada faolroq va unumliroq mehnat qilishga harakat qilmoqdalar.


Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi
Placeholder Image