| | |
1 2 3 4 5

ABITURIYENT-2017

“Qurilish konstruktsiyalari” kafedrasi
3-11-2016, 10:02

 Kafedra mudiri: Yusufxo’jayev Saidg’ani Аbdullaxo’jayevich
 Telefon: 241-14-96
 E-mail:qurilish-konstruksiyalari@mail.ru
 Ma`lumoti: Oliy
 Ilmiy darajasi: Yo`q
 Ilmiy unvoni: Kafedra dotsenti
 Chet tillarni bilishi: Rus tili
 Ma`lumoti bo`yicha mutaxassisligi: Muhandis quruvchi
    "Qurilish konstruktsiyalari” kafedrasi 1929 yili O`rta Osiyo paxtachilik-irrigatsiya politexnika instituti (SAXIPI) tarkibida tashkil topgan bo`lib, unda Respublikaning dastlabki quruvchi-muhandislari ta`lim olgan. Bu o`z navbatida Respublikamiz tarixida qurilish sohasida oliy ma`lumotli kadrlar tayyorlash jarayonini boshlab berdi. 1931 yili kafedra O`rta Osiyo qurilishi institutining keyinchalik еsa SazPI va ToshPIning ixtisoslashtirilgan kafedrasiga aylandi. Kafedrani 1949 yilgacha t. f. n. dots. Neron V. N, ko`p yillar (1948-1988 yy. ) davomida prof. A. B. Ashrabov rahbarlik qilgan. 1970-80 y. y. quruvchi-muhandislarga talab oshganligi munosabati bilan kechki va sirtdan o`qiyotgan talabalarni soni ko`payishi natijasida 1972 yilda "Qurilish konstruktsiyalari” kafedrasi tarkibida kechki va sirtqi talabalari uchun "Bino konstruktsiyalari” kafedrasi ajralib chiqdi va 1990 yilda yana qayta qo`shildi. 1991 yilda Toshkent arxitektura-qurilish instituti tashkil еtilgach, "Qurilish konstruktsiyalari” va "Bino konstruktsiyalari” kafedralari asosida "Temirbeton va tosh konstruktsiyalari” va "Metall, yog`och va plastmassa konstruktsiyalari” nomli yangi kafedralar tashkil еtildi. Bu ikki kafedraga prof. K. I. Ruziyev, dots. N. B. Shoumarovlar rahbarlik qildilar. 1997 yilda mazkur kafedralar birlashtirilib, "Qurilish konstruktsiyalari” kafedrasi qayta tashkil qilindi.
       Kafedrani 1997-2006 yilda t. f. d. prof. A. A. Xodjayev, 2006-2014 yilda t. f. n. prof. Sh. R. Nizomov boshqardi. 2014 yildan е`tiboran shu kungacha dotsent Yusufxo`jaev S.A. kafedraga rahbarlik qilmoqda.Kafedrada professorlar Nizomov Sh.R., Xodjaev A.A. dotsentlar – Yusufxo`jaev S.A. Mirzayev P.T., Alikulov P.U., Matkarimov S.Y., Shoumarov N.B., Shojalilov Sh.Sh., katta o`qituvchilar Xudayberganova M.A., Xasanova N.T., Shukurova K.Q., Djalolova D.N., assistentlar – Mirzayev Sh.P., Yunusov F.M., Alimov X.T., Ergashov J.D., Tulaganov I.B. faoliyat ko`rsatmoqdalar. Shu kunlarda kafedrada 3 nafar doktaront va 8 nafar magistrlar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Kafedrada Markaziy Osiyo sharoitiga moslangan bino konstruktsiyalarining texnik holatini baholash, mustahkamligini aniqlash va kuchaytirish hamda umrboqiyligini ta`minlash bo`yicha rejali ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.