| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
“Jismoniy tarbiya” kafedrasi
3-11-2016, 09:57

"Jismoniy tarbiya”kafedrasi

 

 

Kafedra haqida ma’lumot

Kafedra telefon raqami:241-13-30

Kafedra tashkil еtilgan sana:1991 yil.

Toshkent arxitektura qurilish institutida dotsent, yunon-rum kurashi bo`yicha bir necha bor Respublika chempioni ,sport ustasi, 3ta o`quv qo`llanma va 7 ta o`quv ishlanmalari muallifi Raximov X. K. 2003 yilda «Jismoniy tarbiya» kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.«Jismoniy tarbiya» kafedrasi mudiri lavozimida 2010-2013 yillarda Inog’omjonova F.Sh. ishlagan.2013 yildan hozirgi vaqtga qadar «Jismoniy tarbiya» kafedrasi mudiri lavozimida dotsent Gafurjanov Farxod Samadovich o’z ish faoliyatini olib bormoqda. Toshkent arxitektura qurilish institutida sportning quyidagi turlari bo`yicha terma guruhlar (futbol, kurash, shaxmat-shashka va stol tennisi) mavjud bo’lib hozirgi kunda ham davom ettirib borilmoqda.

Ta`lim jarayonida talabalar tibbiy ko’rikdan muntazam o`tkazilmoqda. Ularning jismoniy tarbiya va sport darslariga tayyorgarligi amaliyot orqali tekshirib boriladi. Maxsus dastur asosida o`qitish asoslarini kafedra mutasaddilari tomonidan ilmiy texnik jixatdan qayta ishlab bormoqdalar.

Respublika miqyosida o`tkazilgan barcha sport musobaqalarida institutimiz talabalari faollik bilan ishtirok еtmoqdalar.Shu bilan birga joriy yilda institutimiz "Bino va inshootlar qurilishi” 1 bosqich magistranti Kоsherbayev Murotbek Abadovich kafedra katta o’qituvchisi Mirzayev Abdulxamit Marifovich boshchiligida 30-31 oktabr kunlari Qozog’iston Respublikasi Olma ota shahrida bo’lib o’tgan K.R.Baydasov xotirasiga bag’ishlangan XVIII xalqaro kurash musobaqasida 90 kg vazn toifasida kurashib 1 darajali diplom va Oltin medal sovrindori bo’lib qaytdi.

2015 yil 23 dekabrda kafedra katta o’qituvchisi Mirzayev Abdulxamit Marifovich O’zbekiston Belbog’li kurash Federatsiyasi yil yakunlari natijalari yigi’lishida O’zbekiston Belbog’li kurash milliy terma jamoasi murabbiyi etib tayinlandi.

Kafedra tarkibi:

Kafedra katta o’qituvchisi: Inog’omjonova Feruza Shokirjonovna2010-2013 yilda kafedra mudiri vazifasini bajargan.2014 yil 2 sentabrdan katta o’qituvchi lavozimida o’z ish faoliyatini boshlagan.1980 yilda pediatriya institutini tamomlagan.2014 yilda "Valeologiya asoslari” o’quv qo’llanmasini chiqargan.2015 yilda "Valeologiya asoslari” va «Основы валеологии»o’quv qo’llanmalar muallifi.

 


Kafedra katta o’qituvchisi: Ribakova Tatyana Yevgenevna1991 yil 2 sentabrdan o’qituvchi lavozimida o’z ish faoliyatini boshlagan.2001 yildan katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.1997 yil O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan. Mutaxassisligi jismoniy tarbiya va sport.

 



Kafedra katta o’qituvchisi: Mirzayev Abdulxamit Marifovich2013 yil 2 sentabrdan o’qituvchi lavozimida o’z ish faoliyatini boshlagan.2014 yildan katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.2007 yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan.Mutaxasisligi Jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya o’qituvchisi.28 ta ilmiy maqolalar muallifi. "Belbog’li kurash” bo’yicha jahon chempioni. 2015 yilda Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar jurnalida "Belt wrestling-national value of uzbek people” nomli maqolasi chiqqan. Bundan tashqari "Организационно-педагогические основы занятий борьбой на поясах в обшеобразовательных и спортивных учреждениях Республики Узбекистана” nomli va 2014 yilda "On the organization of studies belt wrestling in children’s and youth sports scholls”, 2015 yilda "Umumiy o’rta ta’lim maktablarida sport to’garaklarini rivojlantirish” kabi maqolalar muallifi.

 

Kafedra o’qituvchisi: Sultanov Baxtiyor Kursanaliyevich2011 yil 2 sentabrdan o’qituvchi lavozimida o’z ish faoliyatini boshlagan.2003 yilda O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.2014 yilda Respublika ilmiy-amaliy anjumani ma’ruza tezislari to’plamida "O’quvchi –yoshlarni faol harakat asosida integratsiya jarayonlarini rivojlantirish ” mavzusida ma’ruza matni chiqqan. 2015 yilda Respublika ilmiy-amaliy anjumani ma’ruza tezislari to’plamida "Ta’lim tizimida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ustuvor yo’nalishlari ” mavzusida ma’ruza matni chiqqan. 2015 yilda Respublika ilmiy-amaliy anjumani ma’ruza tezislari to’plamida "Xotin qizlar sportini rivojlanishi va olimpizm ” mavzusida ma’ruza matni chiqqan.Toshkent temir yo’llari institute tezislar to’plamida «Методы проведения тренировочных занятий» tezisi chiqqan. Toshkent arxitektura qurilish institute "Arxitektura –qurilish fani va davr” konferensiya jurnalida "Harakat umrga barakat” mavzusida maqolasi chiqqan.


Kafedra o’qituvchisi: Qo’ziboyev Elyor Baxtiyorovich2013 yil 2 sentabrdan o’qituvchi lavozimida o’z ish faoliyatini boshlagan. 2013 yilda O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan. 2014 yilda 2 ta maqola : "Гармонично развитое поколение-условие стабильного развития Республики Узбекистан” , Развитие физического воспитания молодёжи в свете реализации государственной программы "Год здорового ребёнка”, 2015 yilda Respublika ilmiy-amaliy anjumani ma’ruza tezislari to’plamida "Barkamol avlod tarbiyalashda yoshlarda jismoniy sifatlarini shakllantirish” maqolalar muallifi.


Kafedra o’qituvchisi: Farmonov Nurbek Temirbayevich2014 yil 2 sentabrdan o’qituvchi lavozimida o’z ish faoliyatini boshlagan.2013 yilda O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.2013-2014 o’quv yilida Sharqshunoslik instituti ilmiy konfernsiyasida 2ta maqola: "13-14 yoshli futbolchilarda Jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirish usullari” va "BOSM yosh futbolchilarini texnik-taktik tayyorgarligi nazorati”. 2014-2015 o’quv yilida Qoraqalpog’iston respublikasida ilmiy konferensiyada "O’quvchilar gimnastika darsini o’tish uslubiy xususiyatlari”.

 


Xona mudiri: Mirzaxmedova Gulnora Xusanona2015 yil 2 sentabrdan xona mudiri lavozimida ish faoliyatini boshlagan.

 

 

 

 

Kafedra laboranti: Mirzaxmedova Nigora Mirsodiq qizi2014 yil 18 fevraldan kafedra laboranti vazifasida ish faoliyatini boshlagan.

 

Asosiy ilmiy yo`nalishlar

    • Mutaxassislik bo`yicha o`quv rejalari, dasturlar va axborotlar bilan ta`minlash, yangi darslik, o`quv qo`llanmalar yaratish, ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarni o`quv jarayoniga joriy еtish;

    • Talabalarning chuqur bilim olishlari va yuqori malakali mutaxassis bo`lib etishishlarini ta`minlash;

    • Chet еl davlatlaridagi yangi ta`lim standartlari va zamonaviy dars uslubiyatlarini o`rganish bo`yicha mutaxassislar bilan tajriba almashish.

O`quv-metodik faoliyat

    Kafedra tomonidan 4 o`quv qo`llanma va «Valeologiya» fanidan ma`ruza matnlar ishlab chiqilgan.

Asosiy o`qiladigan fanlar

  • Jismoniy tarbiya va sport

  • Valeologiya