| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
“Gidrotexnika inshootlari, zamin va poydevorlar” kafedrasi
3-11-2016, 09:42
"Gidrotexnika inshootlari, zamin va poydevorlar” kafedrasi
Kafedra mudiri: Toshxo‘jaev Alisher Ulxo‘jaevich
Telefon: 241-35-03
E-mail:Toshxo‘jaev77A@mail.ru
Ma’lumoti: Oliy
Ilmiy darajasi:Yo'q
Ilmiy unvoni:Yo'q
Chet tillarini bilishi: Rus tili
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Injener gidrotexnik

"Gidrotexnika inshootlari, zamin va poydevorlar” kafedrasi Kafedra 1946-yil Toshkent arxitektura qurilish instituti tarkibidagi "Gidrotexnika inshootlari, zamin va poydevorlar” kafedrasi zamirida tashkil topgan. Kafedradi professor-o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi 40 yoshni tashkil etadi. Kafedra professor-o‘qituvchilari 12 ta fan bo‘yicha bakalavrlarga, 8 ta fan bo‘yicha magistrlarga ma’ruzalar o‘qiydi. Darslar rus va o‘zbek tillarida olib boriladi. 2017 yil aprel oyidan kafedra mudiri etib A.U.Toshxo‘jaev tayinlandi. Hozirda kafedrada professor X.Z.Rasulov, dotsentlar U. Xusanxo‘jaev, X.M.Fayziev, fan nomzodi A.X.Sodiqov, katta o‘qituvchilar Z.D.Xidoyatov, A.X.Sodiqov, A.U.Toshxo‘jaev, Sh.X.Boymatov, Sh.A.Raximovlar, asisstentlar K.T.Jo‘raev, D.N.Galieva, D.A.Umarov hamda texnik-yordamchi hodimlar E.Kazakov, N.X.Yusupova, D.Arifjanova, I.Q.Nishonova, M.M.Mo‘minovalar hizmat qilmoqdalar. Kafedra professor – o‘qituvchilari bakalavr yo‘nalishlariga "Gidrotexnika inshootlari”, "Gidravlika”, "Gidrologiya gidrometriya va oqimni rostlash”, "Gruntlar mexanikasi”, "Zamin va poydevorlar”, "Gidrotexnika qurilish ishlari”, "Yer osti gidrotexnika inshootlari”, "Gidrotexnika qurilishini boshqarish va rejalashtirish”, "Suv yo‘llari va portlar”, "Gidravlik mashinalar va gidroelektrostansiyalar” hamda magistratura yo‘nalishlariga "Gidrotexnika inshootlari qurilishida injenerlik izlanishlari”, "Gidrotexnika inshootlari va ular zaminini mustahkamligi, turg‘unligi va zilabardoshligi”, "Gidrotexnika qurilishini (maxsus. masalalari)”, "GES va nasos stansiyalari gidromexanik jihozlari”, "Sanoat gidrotexnikasi”, "Yer osti gidrotexnika ishootlarini xisoblash va loyixalash”, "Yer osti gidrotexnika inshootlarini barpo etish texnologiyasi va uni tashkil etish”, "Gidrotexnika qurilishida geotexnika asoslari” kabi fanlardan institut talabalariga har tomonlama chuqur bilim berib kelmoqdalar. Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishi: "O‘zbekistondagi tarixiy yodgorliklarni antropogen gruntlarning zaminining zilzilabardoshligi” , "Sanoat chiqindixonalarini loyihalash, qurish va uni ekspluatatsiya qilish masalalari” va "Kanallarda va kichik suv oqimlarida kichik GESlarni loyihalashtirish va qurish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish va tavsiyalar ishlab chiqish”.