| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
“Chizma geometriya va kompyuterda loyihalash” kafedrasi
3-11-2016, 10:57

"CHIZMA GEOMETRIYA VA KOMPYUTERDA LOYIHALASH

KAFEDRASI

Ism, Familyasi: Saydaliev Saydkarim Saydnabievich

Telefon: +998712411086

E-mail: Progjet@mail.ru

Ma’lumoti: Oliy

Ilmiy darajasi: Pedagogika fanlari nomzodi

Ilmiy unvoni:

Chet tillarini bilishi: Rus tili

Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: Chizmachilik

 

«Chizma geometriya va kompyuterda loyihalash» kafedrasi

    Chizma geometriya va injenerlik grafikasi fanlaridan talabalarga malakali bilim berishni tashkil qilish maqsadida 1991 yil 1 iyulda institut tarkibida "Chizma geometriya va qurilish chizmachiligi” kafedrasi tashkil etilgan va unga texnika fanlari nomzodi, dotsent Mirxamidov D.X. rahbar etib tayinlangan. 2000 yildan boshlab "Arxitektura” yo‘nalishi o‘quv rejasiga "Kompyuterda loyihalash” fani kiritildi va o‘quv jarayonida darslar tashkil etildi. Asosan, AutoCAD va 3D studio MAX grafik dasturlari professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zlashtirildi, namunaviy dasturlar ishlab chiqildi, o‘zbek tilida grafik dasturlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar, auditoriya va mustaqil ta’lim topshiriqlari yaratildi, talabalarga dars o‘tish uslubiyati ishlab chiqildi, yangi kompyuter xonalari tashkil etildi. Hozirgi kunda "Kompyuter grafikasi” fani 9 ta yo‘nalish talabalariga o‘qitiladi.

    Kafedra 2006-11 yillar «Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi bilan birlashtirilgan va "Informatika va kompyuter grafikasi” kafedrasi nomi berilgan. 2011 sentyabr oyidan "IKG” kafedrasi bo‘lindi va "Chizma geometriya va kompyuterda loyihalash” kafedrasi alohida faoliyat ko‘rsata boshladi.

Bugun kunda kafedra mudiri p.f.n.,dotsent S.S.Saydaliyev, kafedrada dotsentlar D.X.Mirxamidov, L.U. Rasul-Zade, X.T.Abidov, katta o‘qituvchilar Holliev Q.J., M.Xamroqulova, A.A.Ibragimov, assistentlar E.A.Nurmatov, Sh.R.Ikramov, texnik xodimlar D.A.Uraqova, Sh.D.Iskandarova, R.R.Xolboyev, I.A.Xamidullayevlar xizmat qilmoqdalar.

    Ular "Chizma geometriya va perspektiva”, "Chizma geometriya va injenerlik grafikasi”, "Kompyuterda loyihalash”, ”Kompyuter grafikasi”, fanlaridan institut talabalari, magistrantlari, iqtidorli talabalari, malaka oshirish fakulteti tinglovchilariga har tomonlama chuqur bilim berib kelmoqdalar.Yuqorida keltirilgan fanlarning o‘quv dasturlari, hisob-grafik ishlari, amaliy mashg‘ulotlari topshiriqlari, ularni yechish uslubiyatlari ishlab chiqilgan. Barcha fanlarning ma’ruza matnlari yaratilgan bo‘lib, ular har yili takomillashtirib boriladi. Mustaqillik yillarida o‘zbek tilida 20 dan ortiq o‘quv adabiyotlari yaratildi va o‘quv jarayonida keng qo‘llanilmoqda. Har kuni soat 1500 dan 1700 gacha kafedra tasarrufida bo‘lgan kompyuter xonalarida to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib, unda talabalar kompyuterda ishlash ko‘nikmalarini chuqurlashtiradi, bakalavrlik bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini yozadilar.