| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
“Informatika va informatsion texnologiyalar” kafedrasi
1-11-2016, 11:30
"Informatika va informatsion texnologiyalar” kafedrasi
Kafedra haqida:
Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar asoslaridan talabalarga malakali bilim berishni tashkil qilish maqsadida 1991 yil 1 iyulda institut qoshida "Informatika va hisoblash texnikasi” kafedrasi tashkil etilgan va unga texnika fanlari doktori, professor X.Z.Ikramova rahbar etib tayinlangan. Kafedraga 2002 yili "Informatika va axborot texnologiyasi” nomi berildi. 2004-2005 o’quv yilida kafedrani "Informatika va axborot texnologiyasi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha 35 talaba bitirib, bakalavr darajasini oldi. Kafedra 2005 yil oktyabr oyida "Matematika” kafedrasiga qo’shildi. 2006 yil 6 fevralda "Informatika va komputer grafikasi” nomi bilan qayta tashkil etilib, unga professor A.M.Siddiqov mudir etib tayinlandi. Professor A.M.Siddiqov 2003-2008 yillar mobaynida kafedraga rahbarlik qildi. 2008 yil dekabr oyidan 2011 yil sentyabr oyigacha dotsent J.X.Mirxamidov kafedrani boshqardi. 2011 yil sentyabr oyida kafedra ikkiga bo’linib, "Informatika va informatsion texnologiyalar” nomi bilan tashkil etildi va kafedra mudiri etib i.f.n., dotsent U.A.Shadmanova tayinlandi.
Turli yillarda kafedrada akademik V.Q.Qobulov, professorlar D.Miraxmedov, R.Sadullayev, dotsentlar R.Yunusov, G.Lebedinskiy, B.Abikasimov, U.Baxramov, T.Nurmuha- medovlar ta’lim berishgan. Bugun kafedrada dotsentlar M.R.Musayeva, A.SH.Fazilov, katta o’qituvchilar M.Zoidova, M.Murodova, M.Azimdjanova, A.Abdullayev, F.Islamovalar va injener-texnik xodimlar O.Yaxyoyev, M.Mahmudova, B.Muxsimova, N.Xusanovalar xizmat qilmoqdalar. Ular bakalavriatura yo’nalishlari uchun "Informatika va axborot texnologiyalari”, "Kompyuter tizimlarida axborotni himoyalash”, "Iqtisodiy-matematik usullar va modellar”, "Ta’limda axborot texnologiyalar”, Magistratura mutaxassislari bo’yicha "Axborot tizimlari”, "Iqtisodiy-matematik usullar va modellar” fanlaridan institut talabalari, magistrantlari, iqtidorli talabalari, malaka oshirish markazi Komp’yuter tizimlarida axborotni himoyalash; ta’limda axborot texnologiyalari; tinglovchilari va litsey o’quvchilariga har tomonlama chuqur bilim berib kelmoqdalar.
Kafedra tarkibi:

Kafedra mudiri: Shadmanova Umida Abzalovna
iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Shadmanova Umida Abzalovna: 1994 yildan shu kafedrada ish faoliyatini olib boradi. 2 ta o’quv qo’llanma va 30 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqola va tezislar muallifi

 
 

 
Texnika fanlari nomzodi, dotsenti. Musayeva Mavjuda Rashidovna: 2004 yilda shu kafedrada ish faoliyatini boshladi. 3 ta o’quv qo’llanma, 5 ta uslubiy qo’llanma, 25 tadan ortiq maqola va tezislar va 2 ta komp’yuter dasturiga patentlar muallifi.  
 
 

 

 
Texnika fanlari nomzodi, dotsenti. Fazilov Alisher Shomurodovich 1991 yildan TAQIni Qurilishda ABG kafedrasida ish faoliyatini boshladi. 3ta o’quv qo’llanma va 30 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqola va tezislar, 2ta komp’yuter dasturi ta’minoti uchun patent muallifi.
 
 
 
 

 
 
Katta o’qituvchi. Zoidova Muxayyo Akramovna: 1993 yildan shu kafedrada ish faoliyatini olib boradi. Faoliyati davomida 3ta o’quv va, uslubiy qo’llanma, 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etgan. O’quv-uslubiy majmua rus va o’zbek tilida.
 
 
 
 
 


Katta o’qituvchi. Murodova Marfuza Timirovna: 1993 yildan shu kafedrada ish faoliyatini olib boradi. Faoliyatida 2ta o’quv qo’llanma, 20-25dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.
 
 
 
 



Katta o’qituvchi. Azimdjanova Muxayyo Tulkunovna: 1991 yildan shu kafedrada ish faoliyatini olib boradi. Shu ish faoliyatida 2ta o’quv va uslubiy qo’llanma 20 dan ortiq ilmiy-uslubiy qo’llanma va tezislar chop etgan.
 
 
 
 


Katta o’qituvchi. Islamova Feruza Sabitjanovna: 1991 yildan shu kafedrada ishlab kelmoqda. 8ta o’quv va uslubiy qo’llanma va 20 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqola va tezislar, 2ta dastur ta’minoti uchun patent muallifi
 
 
 
 


Assistent. Raximov Nodir Ergashevich: 2014 yildan shu kafedrada faoliyat yuritmoqda. 3 ta ilmiy maqola muallifi
 
 
 
 
 


Kabinet mudiri. Yaxyoyev Oqilxon: 1991 yildan kafedra laboratoriya mudiri bo’lgan. 2003 yildan 2007 yil kafedrada asissent lavozimida ishlagan. 2007 yilda laboratoriya mudiri bo’ldi. 2012 yildan beri kabinet mudiri bo’lib ishlab kelmoqda.
 
 
 
 



laborant. Muxsimova Barno: 2001 yilda "Aspirantura” bo’limida katta inspektor lavozimida ishlagan. 2004 yilda "Informatika va kompyuter grafikasi” kafedrasiga laborant lavozimiga ishga qabul qilingan. Xozirgi kunda "Informatika va informatsion texnologiyalar” kafedrasida laborant lavozimida ishlab kelmoqda.





KAFEDRANING ILMIY VA ILMIY METODIK YO`NALISHLAR DASTURLARI
O`qituv programmalari yaratish
Еlektron darslik va o`quv qo`llanmalar yaratish
Yangi pedagogik texnologiyalar asosida o`qitishlar tashkil qilish
Masofaviy o`qitish jarayonlari asosida dasturlar yaratish
dots. Fozilov A. Sh. O’zbekiston Respublikasi geodezik tarmoqi uchun matemetik midellarini dasturiy ta’minoti ishlab chiqish.
dots. Shodmonova U. A. Qurilish iqtisodiyotida MXT ko’rsatkichlarini hisoblashda axborot texnologiyalaridan foydalanish
KAFEDRADA TASHKIL ЕTILGAN "USTOZ-SHOGIRD ” TIZIMI TO`G`RISIDA MA`LUMOT
Kafedrada «Ustoz-Shogird» tizimi keng miqyosda rivojlangan. Bu tizimda iqtidorli talabalar uchun "Zamonoviy axborot texnologiyalar va internet” o’quv kursi bo’yicha darslar olib boriladi.
Hozirgi kunda o’quv kursiga institutning 4 ta fakultetlaridan 20 nafar talaba qatnashmoqda.
Iqtidorli talabalar orasida har yili "Informatika va axborot texnologiyalari” yo`nalishlari bo`yicha olimpiada o`tkaziladi.
asosiy o`qitiladigan fanlar:
BAKALAVRIATURA
Informatika va axborot texnologiyalari
MAGISTRATURA
Axborot tizimlari
O’quv-metodik faoliyat:
Kafedrada tizimli ravishda ishlab chiqiladi va yangilanadi:
Kafedra fanlari bo’yicha namunaviy va ishchi o’quv dasturlari va bakalavriat yo’nalishlariga hisob grafik va laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy ko’rsatmalar;
Kafedrada o’qitiladigan fanlar bo’yicha ma’ruza matnlari yangilanadi;
O’quv qo’llanmalar chop etilgan va etilmoqda
Jumladan, oxirgi 5 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 9 dan ortiq o’quv va o’quv-uslubiy qo’llanmalar, shulardan 8 tasi o’zbek tilida tayyorlangan va chop etilgan
Ta`lim
Talabalar oliy ta`limning uzluksizligi tizimi bo`yicha ta`lim oladilar: bakalavriatura va magistratura asosida. Talabalar loyihalarida hisoblash uchun kompyuter programmalari va ilmiy tadqiqot еlementlaridan foydalanadilar. Talabalarga ta`lim berishda o`quv-uslubiy hujjatlar ishlab chiqilgan.
Abituriyent uchun:
Kafedra o`qituvchilari tomonidan har yili akademik litsey va kollejlarda tanishtiruv ma`ruzalari o`qiladi.
Kutubxona
Kafedrada еlektron o`quv kutubxonasi barpo еtilgan va doimo to`ldirib boriladi. Kafedra o`qituvchilari tomonidan fanlar bo`yicha ma`ruza matnlari va o`quv qo`llanmalar tayyorlangan.
Talabalar hayoti:
Murabbiylar
Azimdjanova Muxayyo Tulkunovna guruh 40-15 SHQX gruhi
Islamova Feruza Sabitjanovna 40b-15 SHQX gruhi
- murabbiylar boshchiligida bakalavriatning akademik guruxlarida suhbatlar olib borilib talabalarning ma`naviy rivojlanishi uchun ma`ruzalar o`qiladi;
- talabalar uchun har yili madaniy tadbirlar doirasida O`zbekistonning tarixiy shaharlariga еkskursiyalar uyushtiriladi (Samarqand, Buxoro, Xiva);
- muzey, teatr va ko`rgazmalarga olib boriladi;
Ijtimoiy va madaniy hayot
Kafedra professor – o`qituvchilari o`zlarining madaniy salohiyatini oshirishda quyidagi tadbirlarni o`tkazishadi:
ko`rgazma, muzey, teatrlarga borishadi;
adabiyotlar o`qishadi, institutda o`tkaziladigan madaniy tadbirlarda faol ishtirok еtishadi, talabalarni musobaqalarga tayyorlashadi, konsert va turli tadbirlar o`tkazishadi;
umumxalq xayriya hasharlarida ishtirok еtishadi.
Axborotlashtirish
Kafedra professor – o`qituvchilari va talabalar Internet tizimidan informatsion ma`lumotlar olishdi, shuningdek, kutubxona fondidan ham keng foydalanadilar. Qurilish va axborot texnologiyalar sohasida o`tkazilayotgan ko`rgazmalar еsa olingan ma`lumotlarni mustahkamlaydi.