1 2 3 4 5
“Gidrotexnika inshootlari, zamin va poydevorlar” kafedrasi
3-11-2016, 09:42
"Gidrotexnika inshootlari, zamin va poydevorlar” kafedrasi

Kafedra haqida umumiy ma’lumot:

Kafedra tashkil etilgan sana: 1991 yil. Kafedradagi professor-o’qituvchilarining o’rtacha yoshi 46 yoshni tashkil etadi. Kafedra azolari 14 ta fan bo’yicha bakalavrlarga va 11 ta fan bo’yicha magistrlarga maruzalar o’qiydi. Darslar o’zbek va rus tillarida olib boriladi.

Kafedra tarkibi:

Kafedra mudiri:Norboyev Sanjar Muxammatovich

Texnika fanlari nomzodi, dotsent Norboyev Sanjar Muxammatovich: (10.05.1978)"O‘zbekiston tarixiy obidalar zaminidagi gruntlarning davomiy siljish deformatsiyasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Shu kunga qadar 1 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma va 10 dan ortiq ilmiy maqola va ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar muallifi.

 

 

 

 

 

 


 

T.f.d., professor Rasulov Hayat Zoirovich: (10.04. 1941)Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar sohasi muammolarining echimiga namlangan bo‘sh gruntlar tuzilmasining dinamik mustaxkamlik va turg‘unlik nazariyasi, qurilish maydonining seysmik mustaxkamligini baholash jarayonida grunt xususiyatini hisobga olish ilmiy yo‘nalishlari asoschisi. 300 dan ortiq monografiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar va uslubiy ko‘rsatmalar muallifi.

 

 

 

 

 

 


T.f.n. dosent Fayziyev Xomitxon: (03.09.1953)"Gruntli to‘g‘on drenajlangan yuqori prizmasida noturg‘un filtratsiyani tadqiq qilish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Shu kunga qadar 1 ta monografiya, 1ta darslik, 14 ta o‘quv qo‘llanma , 6 ta uslubiy qo‘llanmalar 100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

 

 

 

 

 

 

 


T.f.n. dosent Xusanxo’jaev O’lmas Imamovich: (26.11.1940)Shu kunga qadar 8 ta o’quv-uslubiy qo’llanma, 20 ta ilmiy-uslubiy jurnallarda maqolalar nashr etilgan va Xalqaro va Respublika miqiyosidagi 30 ta ilmiy-amaliy konferensiyalarda o‘z tezislari bilan ishtirok etgan.

 

 

 

 

 

 

 

 


T.f.n. dosent Maxkamov Saitmurod Xodjimurodovich: (15.08.1949)Shu kunga qadar 2 ta o’quv-uslubiy qo’llanma, 20 ta ilmiy-uslubiy jurnallarda maqolalar nashr etilgan va Xalqaro va Respublika miqiyosidagi 5 ta ilmiy-amaliy konferensiyalarda o‘z tezislari bilan ishtirok etgan.

 

 

 

 

 

 

 

 


Kata o’qituvchi Hidoyatov Zoxid Dalivaevich: (15.03.1966)Shu kunga qadar 6 ta o’quv-uslubiy qo’llanma, 20 ta ilmiy-uslubiy jurnallarda maqolalar nashr etilgan va Xalqaro va Respublika miqiyosidagi 10 ta ilmiy-amaliy konferensiyalarda o‘z tezislari bilan ishtirok etgan.

 

 

 

 

 

 

 

 


Geologiya-minerologiya fanlari nomzodi, Kata o’qituvchi Sodiqov Adxam Xamidovich: (31.10.1974)"Sesmik” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Shu kunga qadar 1 ta monografiya va 10 dan ortiq ilmiy maqola va ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar muallifi.

 

 

 

 

 

 

 

 


Kata o’qituvchi Toshxo’jaev Alisher Ulxo’jaevich: (23.11.1977)"Namlangan lyosli zaminlarning zilzila ta’sirida quyqalanishi va jiddiy qatlam qalinligini hisoblash” mavzusida doktorlik ishlarini olib bormoqda. 1 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta o‘quv uslubiy-qo‘llanma 50 dan ortiq ilmiy maqolalar, 4 ta chet el jurnallarida chop etilgan maqolalar muallifi.

 

 

 

 

 

 

 


Kata o’qituvchi Boymatov Shaxriddin Xushvaqtovich: (15.08.1982)Shu kunga qadar 4 ta o’quv-uslubiy qo’llanma, 10 ta ilmiy-uslubiy jurnallarda maqolalar nashr etilgan va Xalqaro va Respublika miqiyosidagi 5 ta ilmiy-amaliy konferensiyalarda o‘z tezislari bilan ishtirok etgan.

 

 

 

 

 

 

 

 


Kata o’qituvchi Raximov Sherzod Abduvaxabjanovich: (01.05.1988)Shu kunga qadar 1 ta o’quv-uslubiy qo’llanma, 6 ta ilmiy-uslubiy jurnallarda maqolalar nashr etilgan va Xalqaro va Respublika miqiyosidagi 6 ta ilmiy-amaliy konferensiyalarda o‘z tezislari bilan ishtirok etgan.

 

 

 

 

 

 

 

 


 

Assistent Normatov Mirkomil Usmonqulovich: (02.10.1983)1 ta o’quv qo’llanma, 1 ta o’quv qo’llanma va 20 ga yaqin ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi.

 

 

 

 

 

 

 

 


 

Assistent Axmedov Islombek G’ulomjonovich: (19.05.1988)10 ga yaqin ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi.

 

Ilmiy yo‘nalishlar

    O‘zbekistondagi tarixiy yodgorliklarni antropogen gruntlarning zaminining zilzilabardoshligi;

    Sanoat chiqindixonalarini loyihalash, qurish va uni ekspluatatsiya qilish masalalari;

    Kanallarda va kichik suv oqimlarida kichik GESlarni loyihalashtirish va qurish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish va tavsiyalar ishlab chiqish;

    Ishtirokchilar: hamma kafedra a`zolari, magistrantlari va iqtidorli talabalar;

O’quv metodik ishlar

    Kafedrada doimiy ravishda grunlar mexanikasi, zamin va poydevorlar, gidravlika, Gidralogiya, gidrometriya va oqim hajmini rostlash, Gidrotexnika qurilishini tashkil etish va rejalashtirish, gidrotexnika qurilish ishlari, yer osti gidrotexnika inshootlari, gidrotexnika inshootlari, gidravlik mashinalar va gidroelektrostansiyalar, suv yo‘llari va portlar, GES va nasos stansiyalarining gidromexanik jihozlari bo’yicha darsliklar, o`quv qo’llanmalar, uslubiy qo’llanmalar, uslubiy ko`rsatmalar tayyorlash bo`yicha ishlar olib boriladi.

O‘qitiladigan fanlar ro‘yhati

BAKALAVRIATURA

  • Gidravlika

  • Gidralogiya, gidrometriya va oqim hajmini rostlash

  • Gidrotexnika qurilishini tashkil etish va rejalashtirish

  • Gruntlar mexanikasi

  • Gidrotexnika qurilish ishlari

  • Zamin va poydevorlar

  • Er osti gidrotexnika inshootlari

  • Gidrotexnika inshootlari

  • Gidravlik mashinalar va gidroelektrostansiyalar

  • Suv yo‘llari va portlar

  • GES va nasos stansiyalarining gidromexanik jihozlari

  • Tanlov fanlar:

  • Gidrotexnikaga kirish

  • Injenerlik melioratsiyasi

  • Gidrotexnika inshootlarini ta’mirlash va undan foydalanish

MAGISTRATURA

  • Gidrotexnika inshootlari qurilishida injenerlik izlanishlari

  • Gidrotexnika qurilishining maxsus masalalari

  • GES va nasos stansiyalarining gidromexanik jixozlari

  • Gidrotexnika inshootlari va ular zaminining mustaxkamligi, turg‘unligi va zilzilabardoshliligi

  • Sanoat gidrotexnikasi

  • Er osti gidrotexnika inshootlari (maxsus kurs)

  • Er osti gidrotexnika inshootlarini barpo etish texnologiyasi va uni tashkil etish

  • Er osti gidrotexnika inshootlari qurilishida geotexnikaning ilmiy asoslari

  • Tanlov fanlar:

  • Gidrotexnikada ilmiy tadqiqot

  • Gidravlika (maxsus kurs)

  • Qoya jinslar mexanikasi

Asosiy o’tiladigan amaliy ishlar

  • Gidravlika;

  • Gidralogiya, gidrometriya va oqim hajmini rostlash;

  • Gidrotexnika qurilishini tashkil etish va rejalashtirish;

  • Gruntlar mexanikasi;

  • Gidrotexnika qurilish ishlari;

  • Zamin va poydevorlar;

  • Er osti gidrotexnika inshootlari;

  • Gidrotexnika inshootlari;

  • Gidravlik mashinalar va gidroelektrostansiyalar;

  • Suv yo‘llari va portlar;

  • GES va nasos stansiyalarining gidromexanik jihozlari.

Kafedraning ishlab chiqarish bazasi

    "Gidroproekt” OAJ da kafedra filiali faoliyat ko’rsatadi. "TIMI” laboratoriyasi bilan hamkorlik yo’lga qo’yilgan. "Qurilish texnologiyasi va tashkiliyoti” kafedrasi SamDAQI, TIMI, JPI, larda shu yo’nalish bo’yicha faoliyat ko’rsatayotgan kafedralar uchun tayanch kafedra hisoblanadi. Kafedra o’quv jarayoni va amaliyotlarni samarali o’tkazish maqsadida respublikamizning yetakchi gidrotexnika qurilish korxonalari va qurilish boshqarmalari bilan o'quv va ilmiy tadqiqot yo’lga qo’yilgan.

Bakalavriat yo`nalishlari va magistratura mutaxassisligi bo`yicha bitiruvchilarni chiqarishi

  • Gidrotexnika qurilishi (5340700)

  • Gidrotexnika inshootlari (5A340701)

  • Geotexnika va yer osti gidrotexnika inshootlari (5A340702)

O`quv - uslubiy faoliyat

    Kafedrada yuqorida ko`rsatilgan hamma fanlar bo`yicha o`zbek tilida, qisman lotin alifbosida o`quv va uslubiy qo`llanmalari chop etilgan va ularni takomillashtirish hamda darsliklar yaratish bo`yicha ishlar olib borilmoqda.


Izohlar soni:0

-->