| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
Muxandislik qurilish infrastrukturasi dekani
12-06-2017, 07:06
 Ism, Familyasi: Norboyev Sanjar Muxammatovich
 Telefon: +998712411590
 E-mail: narbayev_sanjar@mail.ru
 Ma’lumoti: Oliy
 Ilmiy darajasi: Texnika fanlar nomzodi
 Ilmiy unvoni: Yo'q
 Chet tillarini bilishi: Ingliz tili, rus tili
 Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: Injener gedrotexnik

Muxandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti

    

    Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakul’tetining tarixi 1972 yildan boshlanadi. O’sha yilning 23 noyabrda ish boshlagan "Qishloq qurilishi” fakul’teti 1978 yilning oktyabr oyida "Injener-qurilish” fakul’teti 2007 yilning sentyabr oyida "Injener servis” fakulteti, 2010 yil dekabr oyida "Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakul’teti” deb nomlandi. Fakul’tetning ta’lim-tarbiya, ilm-fan va ma’naviy-ma’rifiy sohadagi rivojiga taniqli pedagog olimlardan B.Asqarov, E.Qosimov , N.Samig’ov va boshqalar munosib hissa qo’shdilar. Fakul’teta turli yillarda dots F.N. Nazrullayev, professor X.Z. Rasulov, B.A. Asqarov, dotsent X.A.Akramov, S.A. Tashpulatovlar rahbarlik qildilar. Bugungi kunda fakultetga dotsent S.M. Narbayev rahbarlik qilmoqda.

    Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakul’tetining quyidagi vazifalarni amalga oshirishga katta е`tibor beriladi: yangi o`quv dasturi asosida ta`lim sifatini yanada oshirish; talabalarning mustaqil ishlarini tashkil еtish va rahbarlik qilish; uzluksiz amaliyot jarayonini yaxshilash; ishlab chiqarish, loyiha va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan aloqani mustahkamlash; shartnomalar asosida talabalarni shaxsiy reja asosida o`qitishga o`ta boshlash; talabalar bilimiga baho berishda reyting usulini joriy еtish va x. k.

    Kafedralarda bajariladigan ilmiy - tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalar muntazam jalb еtilib kelinmoqda. Bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari ilmiy anjuman va seminarlarda muhokama еtilib, hisobotlarda va maqolalarda o`z aksini topmoqda.

Fakul’tet professor-o`qituvchilari jamoasi tomonidan har yili institut ma`muriyati bilan tuziladigan shartnomalar asosida monografiyalar, darsliklar, o`quv qo`llanmalar, uslubiy qo`llanmalar yaratilmoqda. Respublika va xorij jurnallarida professor o`qituvchilar ilmiy maqolalari muntazam chop еtilib turadi.

Fakultet professor-o`qituvchilari qurilish ilmi va uning natijalarini ishlab chiqarishga joriy qilish borasida ham muvaffaqiyatlarga еrishmoqdalar. Ilmiy-tadqiqot ishlari Davlat grantlari asosida bajariladigan innovatsiya, amaliy tadqiqotlar va ishlab chiqarish tashkilotlari buyurtmasiga ko`ra xo`jalik shartnomalari shaklida olib borilmoqda. Buning natijasida kafedralar moddiy texnika ta`minoti yuksalmoqda, o`qituvchilar ijtimoiy himoyalanmoqda va institut xazinasiga ham sezilarli mablag` tushmoqda.

    Fakultetda talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga jiddiy е`tibor beriladi. Professor-o`qituvchilar va murabbiylar har bir talabani komil inson qilib tarbiyalashga bor kuch-g`ayratlarini sarflamoqdalar. Fakultetda milliy qadriyatlar, milliy an`analar, bayramlar, sharqona urf-odatlar, udumlarga bag`ishlangan kechalar, yig`ilishlar, suhbatlar muntazam o`tkaziladi. Taniqli adabiyot va san`at namoyandalari, shoirlar, bastakorlar, yozuvchilar, aktyorlar bilan ijodiy uchrashuvlar uyushtiriladi.

    Fakultetda 3 ta mutaxassis tayyorlovchi ("Geodeziya, kartografiya va kadastr ”, "Injenerlik kommunikatsiyalarini loyihalash, qurish va ishlatish”, "Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari texnologiyasi") va 2 ta umumkasbiy "Мatematika va tabiiy fanlar", "Qurilish materiallari va kimyo") kafedralar  faoliyat yuritadi.