| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
Bino va inshootlar qurilishi fakulteti dekani
3-06-2017, 07:22

Bino va inshootlar qurilishi fakulteti dekaniIsm, Familyasi:Aliyev Islambek Tursinbaevich

Telefon:+998712411097

E-mail:islambek 2005@mail.ru

Ma’lumoti:Oliy

Ilmiy darajasi:Pedagogika fanlari nomzodi

Ilmiy unvoni:

Chet tillarini bilishi:Rus, Ingliz tili

Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi:Matematika-informatika o’qituvchisi

Bino va inshootlar qurilishi fakulteti

    1929 yilda O’rta Osiyo Paxtachilik-irrigasiya politexnika instituti tarkibida tashkil topgan Qurilish fakultetida O’zbekiston xududida quruvchi-muhandis kadrlar tayyorlashga asos solindi. Yil sayin professor-o’qituvchilar jamoasi shakllanib, talabalar kontingenti oshib, moddiy-texnik baza shakllantirilib fakultet salohiyati yuksalib bordi.

    Fakultet taraqqiyoti, uni bitirib chiqayotgan kadrlar salohiyati bilan uygunlashgan holda Respublika qurilish infratuzilmasi shakllanishiga olib keldi, ya'ni loyiha, ilmiy tadqiqot institutlari, qurilish ishlab chiqarish boshqarmalari va trestlari tashkil etildi.

Bu qurilish infratuzilma elementlari bo’lmish ta'lim muassasasi va qurilish ishlab chiqarishi korxona va tashkilotlarini bir-birining rivojiga ta'sir etib, tarixiy yo’l bosib o’tildi.

    Fakultetga taniqli pedagog olimlardan professorlar B.A.Asqarov, A.B. Ashrabov, K.K.Qozoqboev, H.Z. Rasulov, X.N. Nuretdinov, dosentlardan R.R.Abdurasulov, S.I.Ikramov, R.A.Qo’chqorov, R.H.Pirmatov va I.U.Ibragimovlar turli yillarda rahbarlik qilganlar. Bugungi kunda fakultetga dosent I.Aliyev boshchilik qilmoqda.

    1991 yilda Toshkent arxitektura - qurilish instituti tashkil qilingach, birinchi kundan boshlaboq o’quv jarayoni qayta tashkil etildi, kadrlar tayorlashning zamonaviy talablarga moslashtirish sohasida juda katta tashkiliy ishlar qilindi. 1991-93 yillarda yo’nalish va mutaxassisliklarning o’quv rejalari qayta ishlab chiqildi. 1991 yildan 1999 yilgacha "Sanoat va fuqaro qurilishi” fakulteti, 1999- yildan "Bino va inshootlar qurilishi” fakulteti deb nomlangan.

    Talabalar uchun ikki bosqichli tizim, yani bakalavr va magistrlar tayyorlash tizimi joriy etildi. Hozirgi kunda Bino va inshootlar qurilishi fakultetida uchda yo’nalish: 5340200-"Bino va inshootlar qurilishi”, 5340700-"Gidrotexnikaqurilishi”, 5312000-"Neft-gazni qayta ishlash sanoati ob’ektlarini loyhalashtirish va qurish bo’yicha bakalavrlar tayyorlanadi. Uchda ta’lim yo’nalishida ham bakalavrlar tayyorlash muddati 4 yil.

    Bugunda fakultetda 4 ta mutaxassis tayyorlovchi 1 ta umumkasbiy va 1 ta umumta’lim kafedralari faoliyat ko’rsatmoqda. Bular "Bino va inshootlar”, "Qurilish konstruksiyalari”, "Qurilish texnologiyalari va tashkiliyoti”, "Gidrotexnika inshootlari, zamin va poydevorlar”, "Qurilish mexanikasi va inshootlar zilzilabordoshligi” va "Jismoniy tarbiya” kafedralaridir.

Fakultetda 117 nafar professor-o‘qitvchilar faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan 8 nafari fan doktori professorlar, 39 nafarifan nomzodi dotsentlar, 70 nafari katta o‘qituvchi va assistentlardir.

    Fakultetda 5 ta mutxassislik boyicha magistrantlar tayyorlanadi bular: 5А340201- "Bino va inshootlar qurishi”, 5А340202- "Qurilishni tashkil etish texnologiyasi”, 5А340204- "Qurilish konstruksiyalari, maxsus jixozlar va muxandislik tizimlari montaji”, 5А340701-"Gidrotexnika inshootlari”, 5А340702- "Geotexnika va yer osti gidrotexnika inshootlari” .

    Bugungi kunga kelib fakultetda bakalavr va magistrlar tayyorlashda talabalarga zarur bo’lgan o’quv rejalari, na’munaviy fan dasturlari va 150 dan ortiq darslik va o’quv qo’llanmalar yaratildi. Yangi zamonavich darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar ustida ish olib borilmoqda.