| | |
1 2 3 4 5
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ABITURIYENT-2018

Qurilishni boshqarish fakulteti dekani
3-06-2017, 07:18
Fakultet dekani:
Mamanazarov Oybek Shomurodovich
Telefon: +99871 234-10-85
Ma’lumoti: Oliy
Ilmiy darajasi: Iqtisod fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni: Dotsent
Chet tillarini bilishi: Rus tili, Ingliz tili
Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: Memejment (qurilish)
 
Fakultet to'grisida
Qurilishni boshqarish fakulteti 1992 yilining mart oyida Iqtisodiyot fakulteti nomi bilan tashkil etilgan. Iqtisodiyot fakulteti institut tuzilmasining o’zgarganligi va fakultetlarning iqtisosligi hamda mutaxassisligi nomlanishlaridan kelib chiqqan holda 2006 yilning 6 fevralidan institut rektorining 31-sonli buyrug’iga asoson Qurilishni boshqarish fakul’teti nomi bilan yuritila boshladi. Ma’lumki, har bir qurilish tashkiloti, ob’ekti, umuman qurilishning barcha turlari turli xil resurslardan samarali foydalanish, oqilona hisob-kitob bilan amalga oshiriladi. Ayniqsa, bozor munosabatlari sharoitida boshqaruv va iqtisodiyot fanlari nazariyasi va amaliyoti hamda menejerlar, baholovchi-smetachi, zamonaviy qurilish va xizmatlar sohasi borasidagi mutaxassislarning roli ancha ortdi. Shu bois ham bularning barchasi samarali boshqarish tizimi natijasida ushbu fakultetning ochilishi zamon talabiga mos va xos muhim tadbir edi.
Fakultetda qurilish sohasi uchun eng zarur hisoblangan 5340900-"Ko’chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish”, 5341100-"Qiymat injiniringi”, 5340300-"Shahar qurilishi va xo’jaligi”, 5610100-"Xizmtlar sohasi(uy-joy va kommunal, maishiy xizmatlar)” hamda ikkita 5111000-"Kasb ta’limi (5340300-Shahar qurilishi va xo’jaligi) va 5111000-"Kasb ta’limi(5610100-Xizmatlar sohasi(uy-joy va kommunal, maishiy xizmatlar)) ta’lim yo’nalishlari va 2016-2017 o’quv yilidan boshlab 5310900-"Metralogiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar, 5A340901-"Ko’chmas mulkni baholash va boshqarish”, 5A340206-"Qurilish iqtisodiyoti” va 5A340302-"Shahar transport xo’jaligi va aloqa yo’llari” hamda 2016-2017 o’quv yilidan boshlab 5A310902-"Metralogiya, standartlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish mutaxassisliklari bo’yicha yuqori malakali magistrlar tayyorlanmaqda.
Fakultet tarkibida 3ta mutaxassis tayyorlovchi va 3ta yordamch kafedralar mavjud. Bular Iqtisodiyot va ko’chmas mulkni boshqarish, Menejment, Shahar qurilishi va xo’jaligi, Informatika va informatsion texnalogiyalar, O’zbek va xorijiy tillar, Falsafiy va ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedralari faoliyat yuritadi. Fakultetda 6ta fan doktorlari va professorlar, 15 dan ortiq fan nomzodlari va dotsentlar, shuningdek, 50 dan ortiq katta o’qituvchi va assistentlar 60 dan ortiq fanlardan talabalarga saboq bermoqda.
Bugungi kunga kelib fakultetda bakalavr va magistrlar tayyorlashda talabalarga zarur bo’lgan o’quv rejalari, na’munaviy fan dasturlari va 100 dan ortiq darslik va o’quv qo’llanmalar yaratildi. Yangi zamonavich darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar ustida ish olib borilmoqda.


Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi