| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
Arxitektura fakulteti dekani
14-04-2017, 08:22

Ism, Familyasi: Reyimbaev Shuhrat Sadullaevich

Telefon: +998712411590

E-mail: shuh_1977@mail.ru

Ma’lumoti: Oliy

Ilmiy darajasi: Arxitektura fanlari nomzodi

Ilmiy unvoni:

Chet tillarini bilishi: Ingliz tili

Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: Arxitektor

 Arxitektura fakulteti

    1929 yilda O’rta Osiyo Politexnika instituti tarkibida tashkil topgan qurilish fakultetining arxitektura bo’limida O’zbekiston xududida arxitektor kadrlar tayyorlashga asos solindi. 1934 yilda birinchilar qatorida ushbu bo’limni bitirgan Abdulla Boboxonov, S.Asaturov, G.Jaxongirovlar keyinchalik mashxur arxitektor-muxandis, taniqli pedagog olim bo’lib etishdilar.

    1991 yilda Toshkent arxitektura — qurilish instituti tashkil qilingach, birinchi kundan boshlaboq o’quv jarayoni qayta tashkil etildi, kadrlar tayorlashning zamonaviy talablarga moslashtirish soxasida juda katta tashkiliy ishlar qilindi. 1991-93 yillarda yo’nalish va mutaxassisliklarning o’quv rejalari qayta ishlab chiqildi. Talabalar uchun ikki bosqichli tizim, yani bakalavr va magistrlar tayyorlash tizimi joriy etildi. Hozirgi kunda Arxitektura fakultetida uchta yo’nalish: 5340100 -"Arxitektura”, 5150900 - "Dizayn”, 5341000 - «Qishloq xududlarini arxitektura loyihaviy tashkil etish» bo’yicha bakalavrlar tayyorlanadi. Arxitektura ta’lim yo’nalishi buyicha bakalavrlar tayyorlash muddati 4,5 yil, dizayn yo’nalishida esa 4 yil.

    Bugunda fakultetda 4 ta mutaxassis tayyorlovchi 2 ta yordamchi kafedralar faoliyat ko’rsatmoqda. Bular "Arxitektura tarixi va nazariyasi”, "Arxitekturaviy loyihalash”, "Landshaft di­zayni va inter’er", «Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi», "Rasm, rangtasvir va xaykaltaroshlik” va "Chizma geometriya va komp’yuterda loyihalash” kafedralaridir.

    Fakultetda 100 ga yaqin professor-o‘qitvchilar faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan 8 nafari fan doktori professorlar, 30 nafarifan nomzodi dotsentlar, 72 nafari katta o‘qituvchi va assistentlardir.

    Fakultetda 4 ta mutxassislik boyicha magistrantlar tayyorlanadi bular: 5A340101 "Bino va inshootlar arxitekturasi”, 5A340102 "Arxitektura tarixi va nazariyasi”, 5A340103 «Shaharsozlik, shahar va qishloq aholi yashash joylarini rejalash”, 5A340104 «Landshaft arxitekturasi», 5A150901"Dizayn”.

Bugungi kunga kelib fakultetda bakalavr va magistrlar tayyorlashda talabalarga zarur bo’lgan o’quv rejalari, na’munaviy fan dasturlari va 100 dan ortiq darslik va o’quv qo’llanmalar yaratildi. Yangi zamonavich darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar ustida ish olib borilmoqda.