| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
Xodimlar bo’limi
3-11-2016, 12:25

Xodimlar bo’limi:

blatsi Nataliya Aleksandrovna

 

 

Qabul vaqti:9-00 dan 17-00 gacha.

Tel:(8 371) 241-11-82.

e-mail:taqi_kadr@edu.uz

XODIMLAR BO‘LIMI TO‘G‘RISIDA

 

  • Xodimlar bo‘limi Toshkent arxitektura qurilish institutining mustaqil tarkibiy qismi hisoblanadi;

  • Bo‘lim o‘z faoliyatida «Ta’lim to‘g‘risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» Qonunlari, Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizom va institut ustaviga hamda mehnat qonunchiligi bo‘yicha me’yoriy huquqiy xujjatlarga, institut rektori buyruqlariga, ko‘rsatmalariga, yo‘riqnomalariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi;

  • Bo‘lim negizida «Professor-o‘qituvchilar bilan ishlash», «Ma’muriy-xodimlar», «Talabalar bilan ishlash», «Diplom va sertifikatlar» » bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatadi.

  • Bo‘lim bevosita institut rektoriga bo‘ysunadi.

 

 

BO‘LIMNING ASOSIY MAQSADI VA VAZIFALARI

 

  • Ishga olingan har bir xodim va professor-o‘qituvchilar o‘rtasidagi mehnat shartnomalari, xodimlarning mehnat daftarchalarini hamda faoliyatiga oid buyruqlarini tayyorlash va rasmiylashtirish;

  • Institut professor–o‘qituvchilari, o‘quv-yordamchi va mamuriy xo‘jalik-xodimlarni o‘rnatilgan tartibda ishga olish, boshqa ishga o‘tkazish, vazifasidan ozod etish bo‘yicha buyruq loyihalarini tayyorlash;

  • Professor-o‘qituvchilar va xodimlarning qo‘nimsizligini tahlil qilish, xodimlar sifat tarkibini yaxshilash va ularni o‘rnashib qolish borasida olib boriladigan ishlar, foydalanish uchun ma’lumotlar, shuningdek faoliyatga oid boshqa ko‘rsatkichlarni o‘rganish;

  • Institut nomenklaturasiga kiruvchi xodimlar zahirasini shakllantirish va undan foydalanish borasida rahbariyatga takliflar berish;

  • Institut xodimlarini vazirlik va tarmok mukofotlari bilan takdirlash ishlarini tashkillashtirishda raxbariyatga taklif kiritish;

  • Institutning bakalavriyat, magistratura boskichlari davlat ta’limi standartlari talablarini va o‘kuv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlarni o‘zlashtirgan shaxslarga Davlat Attestatsiya komissiyasi karori asosida institut rektorining buyrugiga binoan davlat tomonidan tasdiklangan namunadagi diplom, diplom ilovalari va ishchi xodimlarga shaxsni tasdiklovchi guvoxnomalar berish;

  • O‘kishga kabul kilingan talabalarni shaxsiy xujjatlarini o‘rnatilgan tartibda kabul qilish, rasmiylashtirish va ularni belgilangan muddatga kadar saklash;

  • Bitiruvchi talabalarga diplom, diplom ilovalari va ishchi xodimlarning shaxsini tasdiqlovchi guvoxnomalarni o‘rnatilgan tartib koidalari, me’yoriy xujjatlar asosida rasmiylashtirish;

  • Institut tomonidan berilgan ma’lumoti to‘grisidagi xujjat (diplom, diplom ilovalari va guvoxnoma)lar bo‘yicha tegishli organlarning so‘rovnomalariga, shuningdek, institutning barcha xodimlari, talabalari to‘grisida hukuk-targibot organlari so‘rovnomalariga o‘rnatilgan tartibda javob yullaydi;

  • Institutning bakalavriyat, magistratura boskichlari davlat ta’limi standartlari va o‘kuv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlarni o‘zlashtirgan bitiruvchi va ularga davlat tomonidan tasdiklangan diplom, diplom ilovalari va ishchi xodimlarning shaxsini tasdiklovchi guvoxnomalar rasmiylashtirilganligi yuzasidan axborot-taxliliy ma’lumotlar bankini yaratadi.