| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
Reja-moliya bo‘limi
3-11-2016, 12:26

Reja-moliya bo‘limi boshlig‘i: Allayarov Raxim Xakkulovich 

Telefon:+99871 241-10-30

Ma`lumoti:oliy

Chet tillarni bilishi:Rus tili

Ma`lumoti bo`yicha mutaxassisligi:buxgalteriya va audit

 Qo`shimcha ma`lumotlar:Allayarov Raxim Xakkulovich 1986 yili Samarqand viloyati, Payarik tumanida tug`ilgan, millati – o`zbek, partiyasiz.

 

 

BO‘LIM XAQIDA

 

    Reja – moliya bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash borasidagi qaror va farmonlari, amaldagi Mehnat Kodeksi, qonunchilik hamda ta’lim sohasidagi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanib ish ko‘radi.

Bo‘limda bajarilayotgan ishlarni takomillashtirib borish, institut jamoasini ijtimoiy muhofaza qilish borasida zarur mablag‘ bilan moliyalashtirishni ta’minlab borish, institut moddiy-texnika bazasini kuchaytirishda kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirish, institut mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanishida xizmat ko‘rsatish, binolarning texnik holatlarini yaxshilash uchun tuzilgan smeta loyihalari doirasida moliyalashtirishni ta’minlash, bo‘lim tomonidan topshiriladigan hisobot va loyihalarning aniq va sifatli bo‘lishini ta’minlash, tasdiqlangan reja va limitlar doirasidan chiqmaslikni qat’iy nazorat qilish, institutning iqtisodiy vaziyatini yaxshilashda muntazam faoliyat yuritib borishni tashkil qilish hamda nazoratga olishdan iborat

Reja – moliya bo‘limining vazifalari

    Bozor talablariga mos ravishda hamda kerakli resurslarni jalb qilish imkoniyatlarini hisobga olgan holda institutning iqtisodiy rejalashtirish ishlarini boshqarish;

O‘zgaruvchan bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi va ichki iqtisodiy imkoniyatlarga asoslanib institutning faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida rivojlanish strategiyalarni ishlab chiqishda qatnashish;

Har yili birinchi chorakda institutning o‘tgan moliya yilining oxirgi choragi budjet mablag‘larining uchdan bir qismidan oshib ketmaslik sharti bilan vaqtinchalik xarajatlar smetasini tuzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

O‘rnatilgan tartibga asosan xarajatlar smetasining har chorakdagi hisobotini tuzish va ularni vazirlik hamda statistik tashkilotlarga taqdim etish.

Shtatlar jadvalini rejalashtirilayotgan yilning 1 yanvar holatiga institutning tuzilmaviy bo‘linmalari kesimida belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy shtatlar jadvaliga hamda o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lash shartlariga muvofiq ravishda ishlab chiqish;

Zarur hollarda belgilangan tartibda institutning tasdiqlangan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali, shuningdek amaldagi xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish va ularni moliya organlaridan ro‘yhatdan o‘tkazish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqini oshirish haqidagi farmonlariga muvofiq, shuningdek belgilangan tartibda xodimlarning navbatdagi attestatsiyasini o‘tkazish vaqtida budjet tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi muvofiq professor – o‘qituvchilar va xodimlarga ish haqqi to‘lash;

    Boshqaruv xodimlarining samarali qaror chiqarishini taminlash maqsadida institutning iqtisodiy siyosati sohasidagi buyruqlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

Institutning shtatlar jadvalida keltirligna yillik mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 12 foizi miqdoridagi moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasidan Professor-o‘qituvchilarni va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;

Belgilangan tartibda institutning asosiy shtat birligida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning o‘quv yili uchun bazaviy lavozim maoshlarini belgilash;

    Budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga muvofiq smeta loyihalarini tuzish va uni tasdiqlatish uchun vazirlikka taqdim etish;

Xarajat yo‘nalishlari bo‘yicha mablag‘ni taqsimlash uchun xarajatlar smetasiga ish haqi uchun mablag‘lar qonunchilik bilan belgilangan maoshlari va ish haqi stavkalari va ularga qo‘shimcha to‘lovlardan, amaldagi namunaviy shtatlar va me’yorlarga rioya qilishdan kelib chiqib tavsiya tayyorlash;

Ta’lim muassasining samarali faoliyat olib borayotganligin aniqlash maqsadida mablag‘larni sarflanish dinamikasini ishlab chiqish, uni iqtisod qilish chora tadbirlarini belgilash va bu borada muassasa rahbarining qaror, farmoyishlarni chiqarishda ko‘mak berish;

Institutning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish maqsadida budjetdan tashqari mablag‘larning qonunchilikka muvofiq barcha shakllanish manbalari bo‘yicha kutilayotgan mablag‘lar tushumini aniqlash va budjetdan tashqari mablag‘larning daromadlari va xarajatlarini prognozini ishlab chiqish;

Bozor iqtisodiyoti sharoitida belgilangan moliyaviy mablag‘lardan samarli foydalanish maqsadida institutning budjet va budjetdan tashqari mablag‘larining sarflanishini nazorat qilish;

    Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetada budjetdan tashqari mablag‘lar tushumlarining hajmi va ushbu mablag‘lardan foydalanish yo‘nalishlari qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda aniqlash;

Budjet va budjetdan tashqari malag‘lar smetasini yaratishda tasdiqlangan qurilishlarning manzilli ro‘yxati (loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli ro‘yxati) va qurilishlarning titul ro‘yxati asosida tuzilgan kapital qurilish ob’ektlari bo‘yicha xarajatlar smetasini ro‘yxatdan o‘tkazish;

Mavjud imkoniyatlardan yuqori saviyada foydalanish hamda qo‘shimcha ish o‘rni yaratish va buning natijasida iqtisodiy samaradorlikga erishish uchun iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish;

    Ijro intizomi muassasa rivojlanishiga ta’siri yuqoriligini e’tiborga olib, ushbu muassasa uchun iqtisodiy va mehnat me’yorlarini ishlab chiqish;

Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish muassasalari shtatlari va kontingentlari bo‘yicha rejalar bajarilishi nazorat qilishda o‘quv yili uchun professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar sonini aniqlash bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish;

Rejaviy vazifalarni institut bo‘linmalariga yetkazish;

    Institutda rejaviy topshirqlarni bo‘linmalar tomonidan bajarilishini nazorat qilish, shuningdek barcha bo‘limlardan statistik hisobotlarni olish, belgilangan muddatlarda oraliq hisobotlarni tayyorlash, statistik hisobotlarni sistemalashtirish;

Buxgalteriya bo‘limi bilan xamkorlikda ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati bo‘yicha medodik boshqaruvni va ishlarni tashkil qilinishini amalga oshirish, hamda maqbul me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqarish.