| | |
1 2 3 4 5

ABITURIYENT-2017

O’quv bo’limi
3-11-2016, 11:59
o'quv-uslubiy bo'lim boshlig'i:Mahkamov Saidmurat Hajimuratovich

 

Telefon:+99871 244-83-34

e-mail:taqi_edu@edu.uz

Ma’lumoti:Oliy

Ilmiy darajasi:Texnika fanlari nomzodi

Ilmiy unvonu:Dotsent

Chet tillarni bilishi:Rustili, Ingliz tili

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi:Injener gidroenergetik

Bo‘lim haqida:

O’quv bo’limi o‘quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan va shu asosda faoliyat olib boradi.

O’quv bo’limining vazifalariga o’quv jarayonini rejalashtirish, tashkil etish va uni boshqarishni nazorat qilish, ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o’quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlash, kafedralarda o’quv yuklamalarini shakllantirish asosida professor-o’qituvchilar shtat birliklarini aniqlash, talabalar davomati va o’zlashtirishlarini nazorat qilish, fanlarni o’quv adabiyotlar bilan ta’minlashni tashkil etish kiradi. Shu bilan bir qatorda, Yakuniy Davlat attestatsiyalari, bitiruv malakaviy ishlari, magistirlik dissertatsiyalarining himoyasini o’quv jarayoni grafigi asosida o’tkazishni ta’minlash, talabalar malakaviy amaliyotlarini ishlab chiqarish tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida o’tkazishni ta’minlash, o’quv jarayoniga innovatsion ta’lim texnologiyalarini tadbiq etishni nazorat qilish vazifalarini bajaradi.