| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
Monitoring ichki nazorat bo'limi
3-11-2016, 11:58
MONITORING VA ICHKI NAZORAT BO’LIMI BOSHLIG’I
NAZAROV AKRAMJON NORBOYEVICH
Tel: +99871 241-90-93
Ma’lumoti: Oliy
Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: O’qituvchi
Chet tillari: rus tili, nemis tili
Monitoring va ichki nazorat bo’limining vazifalari 
      Institutda O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalar bajarilishini monitoring qiladi va ichki nazoratini amalga oshiradi.
      O’zbekiston Respublikasining ta’limga oid qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda Prezident Devoni topshiriqlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, Rayosat majlisi bayonlaridagi topshiriqlari, Vazirlik Hay’ati qarorlari, buyruqlari, xat va topshriqlarini belgilangan muddatlarda bajarilishini nazoratga oladi.
      Institutda nazorat ishlarini muvofiqlashtiradi, fakul’tetlar, kafedralar va bo’limlarda ijro intizomining ahvolini o’rganadi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha tegishli maslahatlar beradi.
      Institutning fakul’tetlari, kafedralari va bo’limlarida elektron ish yuritish hamda hujjatlar aylanishi tizimini joriy etish asosida hujjatlarda ko’zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida uslubiy yordam ko’rsatadi va ijro jarayonini nazorat qiladi.
Fuqarolarning institutga kelib tushgan, Devonxonada ro’yxatga olingan va nazoratga qo’yilgan yozma va og’zaki murojaatlarning tegishli mas’ul shaxslar tomonidan ko’rib chiqilish holatini nazorat qiladi.