| | |
1 2 3 4 5

ABITURIYENT-2017

“Marketing xizmati” bo'limi
3-11-2016, 12:22
"Marketing xizmati” bo'limi

"Marketing xizmati” bo'lim boshlig'i :

 

KUCHIMOV MA'RUF KUCHIMOVICH

 

Tel:+99871 241-14-52

Ma'lumoti:Oliy

Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi:Informatika va axborot texnologiyalari

Chet tillari:rus tili, fransuz tili

 

 

Marketing xizmati bo'limining vazifalari

 

Marketing xizmati yo‘nalishidagi tadbirlarni amalga oshirish orqali institut reytingining tegishli ko‘rsatkichlarini (bitiruvchilarning kasbiy mahorati (malakaviy sifatlari) hamda ularning ish beruvchilar (iste’molchilar) talablariga muvofiqligi, bitiruvchilarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 6 oydan keyin mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish darajasi) o‘rganish va ularni yanada oshirish uchun barcha tegishli bo‘linmalar (fakultetlar, kafedralar, bo‘limlar) faoliyatini muvofiqlashtirish.

Kadrlar iste’molchilari bilan hamkorlikda ta’lim xizmatlari bozorida marketing tadqiqotlarini uzluksiz amalga oshirish.

Bakalavr va magistrlar tayyorlash samaradorligi hamda sifatini oshirib borilishini ta’minlash maqsadida har yili kadrlarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi prognoz ehtiyojlarni o‘rganish.

Bakalavr va magistrlarga bo‘lgan ehtiyoj parametrlarni ishlab chiqadigan hokimliklar, asosiy ish beruvchilar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirish.

Asosiy ish beruvchilardan olingan joriy va istiqboldagi buyurtmalar asosida institutda korxona va tashkilotlarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlari to‘g‘risida strategik ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda uni doimiy yangilash va kengaytirib borish.

Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarning kasbiy mahoratini oshirish va bitiruvchilarni ishga taqsimlash borasida institutning tegishli bo‘linmalari (turli ilmiy-uslubiy kengashlar, ilmiy, o‘quv-uslubiy bo‘linmalar, fakultetlar, kafedralar va h.k.) bilan hamkorlik qilish, ular tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilish va baholashda ishtirok etish, institutning umumiy marketing siyosatini muvofiqlashtirish.

Respublika va tegishli hududlar (viloyatlar) iqtisodiyoti hamda ijtimoiy soha tarmoqlarining rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda yangi ta’lim (tayyorlov) yo‘nalishlari yoki mutaxassisliklarini ochish, shuningdek ta’lim xizmatlari bozori talablariga javob bermaydiganlarini to‘xtatish bo‘yicha takliflar tayyorlash, yetarlicha ish beruvchiga ega bo‘lmagan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ro‘yxatini aniqlash.

Ish beruvchilar (iste’molchilar)ning bitiruvchilar haqidagi fikrlari (e’tirozlari, yosh mutaxassisning kamchiliklari, rad qilinishi sabablari) va ta’lim sifatini oshirishga oid takliflari asosida amaldagi ta’lim mazmuniga muayyan o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash.

Respublika iqtisodiyot sohasi tarmoqlarida bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha raqobatli ta’lim xizmatlarining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xizmatlar bozori kon’yukturasining o‘zgarishini tahlil qilish hamda yangicha rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash.

    Marketing xizmati bo‘limining mas’uliyati

Mazkur Nizomga muvofiq yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun to‘liq javobgarlik institutning rektori hamda marketing xizmati bo‘limi boshlig‘i zimmasiga yuklatiladi.

Boshqa xodimlar va bo‘linmalar (prorektorlar, fakultet dekanlari, taalluqli kafedralar mudirlari, tegishli bo‘linmalar boshliqlari)ning mas’uliyat darajasi lavozim vazifalariga muvofiq belgilanadi.

    Marketing xizmati bo‘limining tuzilishi va moliyaviy ta’minlanishi

Marketing xizmati bo‘limi institutning mustaqil tuzilmasi hisoblanadi va bevosita rektorga bo‘ysunadi.

Marketing xizmati bo‘limiga rahbarlikni boshliq amalga oshiradi va u institutning marketing xizmatiga taalluqli barcha bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Marketing xizmati bo‘limi xodimlarining soni institutning namunaviy shtat birligi asosida shakllantirilib, shtatlar jadvali rektor tomonidan tasdiqlanadi.

    Marketing xizmati bo‘limi faoliyatini tashkil etish, boshqarish va nazoratga olish

Marketing xizmati bo‘limi faoliyati institut rektori tasarrufida bo‘ladi.

Marketing xizmati bo‘limi o‘z faoliyati natijalari bo‘yicha institut Ilmiy Kengashida har joriy yilda kamida bir marta hisobot beradi.

Marketing xizmati bo‘limi o‘ziga yuklatilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni belgilangan shakl va muddatlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi.

Marketing xizmati bo‘limi faoliyati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi va o‘rnatilgan tartibda nazoratga olinadi.