| | |
0 1 2 3 4 5 6 7 8
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
Magistratura bo'limi
3-11-2016, 12:10
Magistratura bo'limi 

Toshkent arxitektura qurilish instituti magistratura bo'limida 2-kurs bo'yicha 20 ta, 1-kurslar 16 ta yo'nalish bo'yicha jami 193 ta magistrant tahsil oladi. Jumladan 1-kurs bo'yicha 72 ta magistr, 2-kurs bo'yicha 121 ta magistrantlar tahsil olishadi. Bulardan davlat granti asosida tahsil oluvchilar 1-kurs bo'yicha 35 nafar, 2-kurs bo'yicha 40 nafar, to'lov-shartnoma asosida tahsil oluvchilar 1-kurs bo'yicha 37 nafar, 2-kurs bo'yicha 81 nafarni tashkil qiladi. 1-kurs magistrantlaridan 1 nafari Navoiy stippendiyasi sovrindorlari , 6 nafari Beruniy stipendiyasi sovrindori, 2-kurs magistrantlaridan 2 nafari Beruniy stipendiyasi sovrindori, 1 nafari Prezident stipendiyasi sovrindori, hisoblanishadi.
Magistratura mutaxassisliklari zaruriy darsliklar va o'quv adabiyotlari bilan ta'minlangan. Magistrantlarning fanlarni o'zlashtirishi, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlari holati bo'yicha har semestrda bir marta fakultet ilmiy kengashiga hisobot beriladiMagistratura talabalarining shaxsiy ish rejasini bajarilishini semestr davomida 2 marta kafedra yig’ilishida muhokamadan o'tkaziladi.
Bitiruvchi magistrantlarining dissertatsiya ishlarini sifatli va o'z vaqtida reja asosida bajarilishini doimo nazorat qilinib, aprel – may oylarida attestatsiya o'tkaziladi. . Magistratura bo'limi tomonidan mutaxassislik fanlarining dars jadvali asosida o'quv mashg’ulotlarini sifatli o'tkazilishi hamda talabalar davomatini doimiy nazoratga olinadi.