| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



Ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo'limi
11-01-2018, 10:18
Ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i

 

Mirbabaeva Dildora Xusnitdinovna

Telefon: +998712413505

E-mail: ilmiy_bolim@mail.ru

Ma`lumoti: Oliy

Ilmiy darajasi: Texnika fanlari nomzodi

Ilmiy unvonu: Dotsent

Chet tillarni bilishi: Rustili, Ingliz tili

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Sanoat fuqaro qurilishi

 

Bo’lim haqida

Toshkent arxitektura-qurilish instituti Ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi oliy ta’limning asosiy va qo’shimcha ta’lim ixtisosligi o’quv dasturini bajarish bo’yicha ta’lim faoliyatini va oliy maktab, arxitektura, qurilish, qurilishni boshqarish va ekologiyaning dolzarb muammolari bo’yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiradi.

Ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi o’z faoliyatini O’zR Konstitutsiyasi, O’zR Qonunlari, O’zR Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, Hay’at qarorlari hamda Toshkent arxitektura qurilish institutining Nizomi asosida tashkil etadi.

Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo’limi quyidagi yo’nalishlar bo’yicha faoliyat yuritadi:

- Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi

- Energiya tejamkor qurilish materiallari" ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi

- Ilmiy - texnik kengash

- Arxitektura. Qurilish. Dizayn jurnali

- Ixtisoslashgan kengashlar

- Yosh olimlar kengashi

- Iqtidorli talabalar bilan ishlash

- Talabalar ilmiy jamiyati

Bolimning bosh vazifalari quyidagilar kiradi:

Ilmiy-pedagog xodimlar va ta’lim oluvchilarning tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali fanni taraqqiy ettirish, olingan natijalardan ta’lim jarayonida foydalanish;

Iqtisodiyotning muvofiq sohalaridagi oliy ma’lumotli xodimlarni va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

Institut qoshida ilmiy texnik, o’quv ishlab-chiqarish markazlari, ma’suliyati cheklangan jamiyatlar, loyihalash va dizayn ustaxonalari va talabalar ilmiy tugaraklarini tashkil etish;

Institut ilmiy jurnalini tashkil qilish;

Jamiyatning axloqiy, madaniy va ilmiy qadriyatlarini saqlash va ko’paytirish;

Institutda ilmiy-tadqiqot ishlari quyidagi yonalishlarda bajariladi:

Davlat budjeti asosidagi (fundamental va amaliy) ilmiy-tadqiqot ishlari;

Innovatsion dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari;

Korxonalar bilan xo’jalik shartnomalari asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari.

Ijro intizomi muassasa rivojlanishiga ta’siri yuqoriligini e’tiborga olib, ushbu muassasa uchun iqtisodiy va mehnat me’yorlarini ishlab chiqish;

Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish muassasalari shtatlari va kontingentlari bo’yicha rejalar bajarilishi nazorat qilishda o’quv yili uchun professor-o’qituvchilar hamda xodimlar sonini aniqlash bo’yicha loyihalarni ishlab chiqish;

Rejaviy vazifalarni institut bo’linmalariga yetkazish;

Institutda rejaviy topshirqlarni bo’linmalar tomonidan bajarilishini nazorat qilish, shuningdek barcha bo’limlardan statistik hisobotlarni olish, belgilangan muddatlarda oraliq hisobotlarni tayyorlash, statistik hisobotlarni sistemalashtirish;

Buxgalteriya bo’limi bilan xamkorlikda ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyati bo’yicha medodik boshqaruvni va ishlarni tashkil qilinishini amalga oshirish, hamda maqbul me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqarish.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi