| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
Buxgalteriya bo'limi
3-11-2016, 12:23

BOSH HISОBCHI Hasanov Husan Raimovich

Telefon:+99871 244-13-92

e-mail:buxgalteriya@taqi.uz

Ma’lumoti:Oliy

Chet tillarni bilishi:Rustili, Ingliz tili

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi:Soliq va soliqqa tortish

Buhgalteriya hisobi bo'limi

Byudjet tashkilotlari (keying o`rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) byudjet va byudjetdan tashqari mablag`lar bo`yicha buhgalteriya hisobini (keying o`rinlarda buhgalteriya hisobi deb yuritiladi) O`zbekiston Respublikasining «Buhgalteriya hisobi to`g`risidagi» gi Qonuniga, ushbu Yo`riqnomaga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil qiladilar.

Institutda buhgalteriya hisobi mazkur Yo`riqnomaga muvofiq buhgalteriya hisobi yuritishning memorial order shaklida olib boriladi. Vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralari, shuningdek, ularning tizimidagi tashkilotlar O`zbekiston Resbuplikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda buhgalteriya hisobi yuritishning jurnal-order shaklida olib boriladi.

Institutda buhgalteriya hisobini tashkil qilinishini hamda to`liq va aniq yuritilishini, moliya-ho`jalik operasiyalarini nazorat qilish tartibini, hisob-kitoblar o`z vaqtida amalga oshirilishini, shunigdek, buhgalteriya hujjatlarining saqlanishini taminlanishi shart.

Bosh hisobchi va hisobchilari, buhgalteriya hizmatining o`zlarinig tizimidagi buhgalteriya hisobining yuritilishini va moliyaviy hisobotlarining to`g`ri tuzulishini muntazam nazorat qilib turadilar (agar qonunchilikda boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo`lsa).

Institut bosh hisobchisi bevosita mazkur institut rahbariga, buhgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish va taqdim qilish masalalari bo`yicha esa, agar qonunchilikda boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo`lsa, yuqori tashkilot bosh hisobchisiga ham bo`ysunadi hamda institutda buhgalteriya hisobini yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarni o`z vaqtida va to`liq topshirilishiga hamda ushbu Yo`riqnoma, shuningdek, boshqa normative-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning bajarilishiga javobgar bo`ladi.