| | |
1 2 3 4 5
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
Abituriyentlar pochta orqali hujjatlar to‘plamini qaytarib olishlari mumkin
10-05-2017, 15:32

Abituriyentlar pochta orqali hujjatlar to‘plamini qaytarib olishlari mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 2014 yil 14 avgustdagi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali "Abiturient hujjatlari to'plamini qaytarish uchun elektron murojaat" interaktiv xizmatini joriy etish to'g'risidagi 321-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida, "Abituriyentlarning hujjatlar to‘plamini qaytarib olish uchun ariza berish" interaktiv xizmati onlayn to'lov joriy etildi.

Oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun topshirilgan hujjatlar to‘plamini imtihon natijalari e‘lon qilingandan so‘ng qaytarib olish zaruriyati tug‘ilganda, abituriyentlar ushbu xizmatdan foydalanishlari mumkin. Joriy etilgan yangi xizmat viloyatlarda, oliy o‘quv yurtidan olisda istiqomat qiluvchi abituriyentlar uchun hujjatlar to‘plamini qaytarib olishda qulay imkoniyat yaratadi.

Xizmat natijasiga ko‘ra, abituriyentga buyurtma pochta orqali hujjatlar to‘plami qaytariladi. Arizachi yashash manziliga yaqin bo‘lgan pochta bo‘limlariga tashrif buyurib, shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslini taqdim etgan holda hujjatlarni olishi mumkin.